1.2.Oliy ta’lim tizimida sifatni ta’minlashda nnovasion texnologiyalarni qo‘llashning asosiy xususiyatlari
Uzluksiz ta’lim har
bir shaxsning kasbiy va umumiy rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni
ta’minlash borasidagi ijtimoiy siyosatning yetakchi sohasi, jamiyat uchun esa,
uzluksiz ta’lim ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning muhim sharti, mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini tezlashtiruvchi hamda uning kasbiy va
madaniy salohiyatini oshirib boruvchi mexanizm hisoblanadi. Jahon hamjamiyati
uchun uzluksiz ta’lim xalqaro hamkorlik asosida milliy madaniyatlarni va
umuminsoniy qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish va o‘zaro boyitish usuli
hisoblanadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
va vazifalari ta’lim sohasiga oid me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda o‘z aksini
topdi. Jumladan, ta’lim
standartlarining o‘ziga xos xususiyati, bu-ta’lim jarayonida talaba
tomonidan olingan kompetensiya hisoblanadi. Ma’lumki, kompetensiya deganda, ma’lum ishda muvaffakiyatli
faoliyat olib borish uchun bilim, ko‘nikma va shaxsiy fazilatlarni ko‘llay olish qobiliyati tushuniladi.
Ta’lim sifati deganda, shunday kompetentli mutaxassislar tayyorlashning zaruriy
darajasini ta’minlash tushuniladiki, ular samarali kasbiy faoliyatga layokatli,
ilmiy-texnik tarakkiyot sharoitida tez moslashuvchan, o‘z sohasidagi zamonaviy
texnologiyalar bilan ishlay biladigan, kasbiy vazifalarni yechishda olgan
bilimlaridan foydalana oladigan bo‘lsin.
Ta’lim sifati iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyotning
xozirgi va kelgusi extiyojlariga ta’lim tizimining mutanosiblik darajasi bilan
belgilanadi. Ta’lim va kasbiy ta’lim sohasidagi isloxotlar
bandlik siyosati, ijtimoiy muxofaza, ishlab chiqarish, savdo va
investisiya sohasidagi chora-tadbirlar bilan uyg‘unlikda olib
borilgandagina, samarali bo‘ladi. Shu ma’noda aytish mumkinki, ta’lim
sifati, bu-anik maqsadga erishishda va xayot farovonligini ta’minlashda
aniq
sharoitlarda egallangan bilimlarga bo‘lgan extiyojdir.
Oliy ta’lim
muassasalarida pedagogik jarayonlarni boshqarishda boshqaruvning ijtimoiy
adolat prinsipi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir pedagogik jarayon
ishtirokchilari boshqalar bilan teng mavqega ega bo‘lgan tarkibda shunday
boshqarilishni nazarda tutadiki, ma’muriyat bilan o‘zaro munosabatlarda faqat
shaxsning maqsadi emas, balki boshqaruvning maqsadiga ustuvorlik berish
qulayligini tan olish sifatida tushunishga asoslaniladi. Ushbu tamoyildan kelib
chiqadigan asosiy talablar:
nafaqat ta’lim, balki
ijtimoiy yuklamani o‘qituvchilar o‘rtasida teng ravishda taqsimlashga intilib,
ularni ijtimoiy tuzilishga ehtiyotkorlik bilan va bosqichma-bosqich kiritish;
o‘zlarining kasbiy va
boshqa qobiliyatlarini nafaqat "pedagogik yulduzlarga", balki barcha
o‘qituvchilarga namoyish etish uchun imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish;
o‘qituvchilar
faoliyatini rag‘batlantirish, ob’yektiv ravishda ularga teng ravishda
"boshlang‘ich" imkoniyatlar berish asosida baholash;
har doim,
o‘qituvchining mehnatini baholashda uning mehnat yutuqlari va ularning
jamoatchilik e’tiborini hisobga olish;
professor-o‘qituvchilar
tarkibidagi ijtimoiy adolatning kafolatlaridan biri bu oshkoralik, boshqaruv
apparatining barcha faoliyatini jamoada muntazam ravishda yoritib borish;
ijtimoiy adolat
darajasi har doim jamoatchilik fikrida aks ettirilganligini hisobga olish, uni
yaxlit va individual parametrlar bo‘yicha baholash.
Fikrimizcha, oliy
ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni boshqarishda boshqaruvning
maqsadni uyg‘unlashtirish tamoyili muhim ahamiyat
kasb etadi. Ushbu tamoyil ta’lim maqsadlariga muvofiqlikni va maqsadga
yo‘nalgan faoliyatni ta’minlaydi. Natijada, maqsad yaxlitligi ta’lim tizimini
boshqarish vazifasi bilan uyg‘unlikda, professor-o‘qituvchilar faoliyatini
o‘quv yurtining umumiy maqsadlariga mos keladigan vaziyatda vujudga keladi.
Ushbu tamoyilga asosan, ta’lim muassasasida nima qilinsa, barchasi mazmunli,
oldindan tuzilgan, pedagogik maqsadga muvofiq amalga oshiriladi hamda o‘quv
yurtidagi maqsadli yaxlitlik darhol shakllanmaydi, bu rahbarning kadrlar bilan
uzoq va mashaqqatli mehnatining mahsulidir. Binobarin, yuqoridagilardan shunday
xulosa kelib chiqadiki, ta’lim muassasasi maqsadlari o‘qituvchining e’tiqodi,
ta’lim muassasasining asosiy qadriyatlari va madaniyati bilan bog‘liq ravishda
takomillashadi.
Oliy ta’lim
muassasalarida pedagogik jarayonlarni boshqarishda boshqaruvning individual
yondashish tamoyili rahbar va o‘qituvchilarning individual xususiyatlarini,
ularning kasbiy tayyorgarligi, qiziqishlari, hayotiy tajribasi va ijtimoiy
tajribasini hisobga olishni nazarda tutadi. Ushbu tamoyilga muvofiq, individual
yondashuv faqat har bir o‘qituvchining ish tizimini va uning shaxsini chuqur
o‘rganishga asoslangan bo‘lishi mumkin, shuningdek pedagogik yuklamaning
o‘qituvchi bajarishi mumkin bo‘lgan hajmi, chastotasi va shakllari, uning
mustaqilligi, didaktik va uslubiy erkinligi, rag‘batlantirish, talablarni
kengaytirish xususiyatlarini inobatga olish, hamda o‘qituvchi bilan individual
ish jarayonida unga ijobiy sifatlar va fazilatlarni mustahkamlashga yordam
berish talab etiladi.
Ta’lim muassasasini boshqarishda individual
yondashuvning asosiy vazifalaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini
bosqichma-bosqich rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,
o‘qituvchi uchun individual maqsadlarni va ularga erishish bosqichlarini
belgilash, ularni o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli tashkil qilishga sabab
bo‘ladi.
Ma’lumki, bugungi kunda texnologik yondashuvga asoslangan paradigmadan
ta’lim jarayonida keng foydalanilmoqda. Ayniqsa, pedagogik texnologiyalarni
loyihalash va rejalashtirish masalasi oliy ta’lim tizimida etakchi tendensiya sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Biroq loyihalash va rejalashtirishga doir faoliyatning
mazmun-mohiyati hamma uchun birdek tushunarli bo‘lmayapti. Shuning uchun fanlar
bo‘yicha yaratilayotgan ta’lim texnologiyalarida formallik, takroriylik, maqsad
va vazifalarning nomuvofiqligi, qayta aloqalarning intensiv emasligi,
loyihalash va rejalashtirishning ketma-ket amalga oshirilmasligi kabi
kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda.
Ta’limga texnologik yondashuv
o‘qituvchidan o‘quv mashg‘ulotiga tayyorlanish jarayonida juda ko‘p mehnat
qilishni talab qiladi. Mazkur jarayonda professor-o‘qituvchi har bir mavzu
bo‘yicha o‘quv maqsadini oydinlashtirish, pedagogik vazifalarni to‘g‘ri qo‘yish,
o‘quv faoliyati natijalarini aniqlashtirish, ta’limni tashkil etish shakl, metod va vositalarini to‘g‘ri tanlab olish,
o‘quv vaqtini oqilona taqsimlash orqali o‘qituvchi va talabaning faoliyatini
aniq tartiblangan algoritmini hosil qilishi lozim. Ana shu tartibda o‘quv
jarayonini loyihalay olgan professor-o‘qituvchigina talabalarning o‘quv-bilish
faoliyatini erkin boshqara oladi.
Ta’lim – boshqariladigan jarayon bo‘lib, uning
natijasi, ko‘p jihatdan, tayyorlangan didaktik loyihaga bog‘liq. Didaktik
loyiha esa ta’lim texnologiyasining mahsulidir. O‘quvchi-talabalarning bilish
faoliyatini didaktik loyihaga ko‘ra boshqarish ta’lim texnologiyasining
pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud
bo‘lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish
nuqtalari bor.
Ikki nuqta orasiga juda ko‘p nuqtalarni joylashtirish mumkin
bo‘lganidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha
bo‘lgan masofada ta’limning samarali usullari, vositalari ko‘p topiladi. Bu yerda
ta’lim texnologiyasi eng samarali usul bo‘lib, ta’limning samarali shaklini
tanlashda o‘qituvchiga yordamga keladi. Demak, maqsaddan etalonga yetib
kelguncha, o‘qituvchi va o‘quvchi – talaba ongi juda ko‘p hodisalar bilan uchrashadi.
Ta’limga texnologik yondashish – bu ma’lumot va
ta’lim mazmunini atroflicha tahlil qilish yo‘li bilan o‘quv – tarbiya jarayonining umumiy, xususiy maqsadlarini
tahlil qilish, o‘qituvchi va o‘quvchi – talaba maqsadlarining uchrashgan nuqtalarida, xususan
o‘qitishning maqsadi, o‘qish maqsadida ta’limning didaktik maqsadini belgilash
asosida ta’limni loyihalash va amalga oshirish yo‘llari bilan mo‘ljaldagi
etalonga erishishdir.
Umuman,
ta’lim texnologiyasi haqida gap ketganda o‘zaro daxldor bir qator hodisalarni
bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug‘iladi:
ta’limni
didaktik loyihalash;
loyihani amalga oshirish;
ta’limning
joriy va oraliq natijasiga ko‘ra didaktik loyihaga tuzatish va o‘zgartirishlar
kiritish;
ta’limni takrorlash va yakuniy nazoratdan
iborat.
Bu
hodisalarning birinchi va ikkinchisi an’anaviy ta’lim tajribasida ham uchraydi.
Ta’lim texnologiyasining an’anaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim
natijasi va uning etalon darajasida bo‘lishi doimo o‘qituvchi – pyedagog hamda o‘quvchi – talabaning diqqat markazida turadi. O‘qituvchi ta’lim
natijasini tez-tez tekshirib, talabalarning o‘zlari erishgan yutuqlardan ogoh
qilib turadi va talabalar o‘zlari erishgan yutuq va kamchiliklarni anglab,
yutuqlarini yanada ko‘paytirishga, kamchiliklarini esa bartaraf etishga harakat
qiladilar. Talabalar ta’limning zaruriyligini,
ular ta’lim jarayonining haqiqiy sub’yektiga aylangan paytida sezishadi.
Ta’lim muhitida bozor
munosabatlarini joriy etish jarayoni ishtirokchilar o‘rtasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tasvirlovchi ta’lim xizmati bozori,
raqobatbardoshlik, mijoz, degan tushunchalarni ta’lim tizimida paydo bo‘lishiga,
ta’lim tizimidagi mavjud gorizontal va vertikal munosabatlarni tubdan
o‘zgarishiga olib keldi. Ayni paytda, ta’limni, tashkiliy, iqtisodiy,
pedagogik, uslubiy va texnologik qayta shakllantirishga yangi yondashuvlar
talab qilinmoqda. Shuning uchun, ta’lim tizimi faoliyatini tubdan yangi
shakllari uchun, mamlakatdagi ta’lim muassasasi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga
asoslangan ta’lim rivojlanishining
strategiyasini loyihalashtirishga, ta’lim xizmati bozorining
dinamikasiga ehtiyoj yuzaga keldi.
Ushbu muammoni hal qilishning
samarali usullaridan biri ilmiy va innovasion yondashuvga asoslangan an’anaviy
va global tendensiyalar, eng yaxshi tajribalar hisoblanadi. So‘nggi yillarda,
innovasion yondashuv asosida ta’lim tizimini individual komponentlarini
rivojlantirish bo‘yicha turli
ilmiy-tadqiqotlar, turli darajadagi yoki bosqichdagi o‘quv jarayonlarini innovasion
boshqarish, innovasion jarayonlarni modellashtirish, innovasion faoliyat uchun o‘qituvchilar
tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
OTMning
obro‘sini shakllanishining asosiy
mexanizmi o‘qitish sifati va ta’lim
xizmatlari sifatiga bog‘lik. Iste’molchi, ya’ni ta’lim oluvchiga ko‘rsatilgan
sifatli ta’lim xizmatigina uning ijobiy o‘rnini
shakllantiradi. OTMni samarali boshqarish va ijobiy imidjini
shakllantirish ta’lim xizmati bozorida raqobatbardosh pozisiyani egallashi innavasion yondashuvni talab etmoqda.
Bunday innavasion yondashuv pyedagogik
mavjud metodologiya tajribasi va
o‘quv amaliyotining mavjud
innovasion yo‘nalishlari yordamida
amalga oshirilishi lozim.
Innovasion ta’lim jarayonlari kashshof bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatning yetakchi
rolini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik
ilm-fan va amaliyotning
rivojlanishi integrasiya uchun
asos hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda,
ijodkorlik, yangi pedagogik bilim tamoyillari,
ta’lim yangiliklari va ijodiy
shaxsni shakllantirilishi yaqqol namoyon bo‘ladi (1.1-rasm).
Innovasion ilmiy pedagogik
nazariyalar tahlili ta’limda innovasion jarayonlarning bir qator xususiyatlarini aniqlashga imkon berdi:
nisbiylik, innovasiyaning
davriy takrorlanishi;
innovasiyalarning
jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlari;
innovasiyalarning amaliyotda nazariyaga nisbatan ustuvorligi; innovasiya amalda
nazariy asosga tayangan holda,
paydo bo‘linishi;dunyoning ilmiy holati,
ta’lim o‘zgarishlarida
innovatsiyalarning shartliligi;
har doim
ilmiy tafakkur bilan
ta’lim yangiliklarini
yaratuvchisi, kundalik shug‘ullanuvchi va shu boisdan,
uning ta’sirini boshidan
o‘tkazadigan o‘qituvchi
xisoblanishi;
innovatsiyalarning
«milliy xarakteri»(1.2-rasm).
Shuningdek, universal innovasiyalar
ham mavjud, misol uchun ta’lim tizimida turli kompyuter dasturlaridan
muvaffaqiyatli foydalanish butun
dunyo bo‘ylab amalga
oshirilgan, lekin, shunday innovatsiyalar ham mavjudki, ular ancha
qiyinchiliklar bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda innovatsiyalarning yangi ta’lim paradigmasiga mos kelish uchun,
o‘zini maqsadli ravishda ijodiy shaxs sifatida shakllantirishni o‘rganish
juda muhim hisoblanadi. Innovasion
ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talaba
pozisiyasining faolligi shundan iborat bo‘ladiki, ularning har biri
o‘z faoliyatini va xaddi-harakatini
boshqaruv sub’yekti sifatida namoyon qiladi.
Umuman olganda, bu jarayonni talaba sub’yektining shakllanish jarayoni deb atash mumkin, chunki talaba
shaxsi va uning kasbiy-texnologik
madaniyati ta’lim jarayonining texnologik tashkillashtirilganligi natijasidir.
Ta’lim jarayonining «innovasion»
texnologikligi talabani nafaqat ijtimoiy
- kasbiy bilimlar bilan ta’minlaydi, balki unda kasbiga xos sifatlar shakllanishiga ham yordam beradi.
Ta’lim jarayonining texnologizasiyasi uchta
asosiy maqsadni hal qilishga qaratilgan:
davlat manfaatlariga mos
xolda, talabani bo‘lajak mutaxassis sifatida tayyorlaydi;
talabani jamiyat a’zosi
sifatida shakllantirib, ijtimoiy tajriba, qadriyatlarni, me’yorlarni anglagan
jamiyat manfaatlari bilan hamohang faoliyat ko‘rsatuvchi kadrni tayyorlaydi;
talabani faol,
tashabbuskor, mantiqan fikrlovchi individ sifatida rivojlantiradi.
Shuni takidlab o‘tish
lozimki, o‘qituvchining innovasion faoliyatga tayyorligining ijtimoiy va kasbiy
muhim sifatlari, nafaqat ta’lim muassasasidagi iqtisodiy va moliyaviy
vaziyatga, balki bevosita bu sifatlarning talab etilganligi bilan ham bog‘liqdir.
Kasbiy jihatdan
muvaffaqiyatli o‘qituvchilarning malakalari va kasbiy sifatlari zamonaviy oliy
ta’limning asosiy talabidir. Innovator – pedagoglar bugungi kun oliy ta’limining talabi bo‘lib,
kasbiy chuqqilarga erishish uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash
kurslarida ta’limni chuqurlashtirish zarur. Fakultetlarda
professor-o‘qituvchilar innovasion faoliyatini keng yoyish, yosh
o‘qituvchilarga o‘rgatish, interaktiv o‘qitish usullarini ochiq darslarda
namoyon qilish zarur.
Innovasion faoliyatni
qo‘llashda quyidagi bir qator natijalarga
erishish imkonini beradi:
o‘qituvchilarda kasbiy
funksiyalari to‘g‘risidagi tor tushunchani o‘zgartirishga olib keladi;
pedagogik va ijodiy
qobiliyatlarini transformasiya qilish, ya’ni boshqalarga o‘rgatish imkoniyatini
kengaytiradi;
o‘z faoliyatlarini
baholashning yangi usullarini topish, kasbga bulgan qarashni o‘zgartirishga olib keladi.
Innovatsiyalarni joriy
etishda qo‘yidagi bir qator g‘oyalarga asoslaniladi:
rag‘batlar va
dispozisiyalar asosida ikkala sub’yekt tomonidan kasbiy faoliyatni ongli
ravishda tahlil qilish;
me’yor va standartlarga
tanqidiy munosabat;
ma’nolar tizimini tuzish va refleksiyasi;
kasbiy madaniyat, muhit va yangiliklarga ochiqlik;
har qanday faoliyatga
ijodiy yondashish, ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqish, tashabbuskorlik;
ikkala sub’yektning o‘z-o‘zini realizasiya qilishiga intilishi;
ta’lim mazmuni
elementlarini takomillashtirish.
Ta’lim texnologiyalari va
pedagogik texnologiyalar, ta’lim va o‘qitish tushunchalarining qiyosiy taxlili bu tushunchalar o‘rtasida farq borligini
ko‘rsatadi. Malaka va ko‘nikmalarning
yuzaga kelishi – o‘zlashtirish jarayoni bo‘lib, ular asosida o‘kuvchida
dunyoqarash, hulq-atvor, shaxs sifatlari tashkillashtirilgan ta’lim va mustakil
ta’lim orqali shakllanadi.
O‘qish – o‘kituvchi va o‘quvchi
o‘rtasida maqsadga yo‘naltirilgan jarayondagi o‘zaro ta’sir bo‘lib, uning
natijasida o‘kuvchiga ta’lim, tarbiya berish, shaxsini rivojlantirish amalga
oshiriladi.
Ta’lim texnologiyasi – bu o‘kitish jarayonini tizimli yaratish, qo‘llash
va belgilash usulidir. Bilimlarni o‘zlashtirishda texnik va insoniy resurslar
hamda ularning o‘zaro ta’siri natijasida ta’lim shaklini optimallashtirish
vazifasi ko‘yiladi.
Ta’lim texnologiyasi
pedagogik texnologiyaning bir qismi sifatida yangi ta’lim tizimlari nazariyasi
va loyihalash usullarini yaratish, ta’lim jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan.
Ta’lim texnologiyasining asosiy vazifasi dars berish va o‘qitish jarayonini
optimallashtirishdan iborat.
Texnologiya – bu maqsadga erishish usuli
bulib, u ko‘zlangan natijaga olib kelishi yoki kelmasligi mumkin. Maqsadga
erishish darajasi faqat texnologiyaga bog‘liq bo‘lib qolmay balki, pedagogning
mahoratiga ham bog‘liq.
O‘qitish jarayonining
texnologizasiyasi bu real o‘qitish tizimiga aniq innovasion usullarni, vosita,
shakl va elementlarini transformasiya va joriy qilish jarayonidir.
O‘quv jarayonini
modernizasiyalash jarayoni va kompyuter, audiovizual texnikalarni joriy
etishning maqsadi, test nazoratlarida innovasion usullardan foydalanish, yangi
bilimlarni o‘zlashtirishda va shakllantirishda videofilmlardan foydalanish,
tajribalar o‘tkazishda yangi kompyuter dasturlaridan foydalanish bularning
barchasi modernizasiya qilish mohiyatini anglatadi.
Kasbiy ta’lim tizimida
o‘qitishning qanday texnologiyasini tanlash o‘quv jarayonining quyidagi xarakteristikalariga bog‘liq:
o‘quv axborotining maqsadli yo‘naltirilganligi;
o‘quvchilarning o‘zlashtirish imkoniyatlari darajasi;
o‘qituvchining imkoniyatlari, o‘quv metodik salohiyati,
o‘quv jarayonining uslubiy va texnik jihatdan jihozlanganligi;
vaqt imkoniyatlari (80 minutdan kam yoki 80 minutdan ko‘p).
O‘qitish texnologiyasining ta’lim maqsadlariga
bog‘liq, ta’lim-tarbiya jarayonida maqsad tizim shakllantiruvchi omil bo‘lib
hisoblanadi. Aynan shu omil ko‘zlangan natijaga erishishning mazmuni shakli va
usullarini aniqlashga ta’sir ko‘rsatib, uning dasturi va yo‘nalishlarini aniq
belgilaydi. Shuning uchun maqsaddan kelib chiqqan holda o‘qitish texnologiyasi
tanlanadi:
agar o‘qitish maqsadi o‘zlashtirish
darajasidan yuqori bo‘lmasa, u holda o‘qitishning ana’naviy, ya’ni reproduktiv
texnologiyasi qabul qilinadi, o‘qituvchi tushuntiradi, o‘quv qo‘llanmasi bilan
ishlashni o‘rgatadi, o‘rganilayotgan
ob’yektni kuzatadi, amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha tushuntirishlar olib boradi;
agar ta’lim maqsadi faoliyatning
asosiy algoritmlarini o‘zlashtirishga
yo‘naltirilgan bo‘lsa, unda texnologiya reproduktiv- algoritmik bo‘lishi maqsadga muvofiq;
agar ta’lim maqsadi
bo‘lajak mutaxassislarda tadqiqot, qidiruv, evristik faoliyat bo‘yicha
tajribani shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, unda o‘qitish texnologiyasi
evristik, ya’ni yangicha bo‘lishi, unda muammoli masalalar, vaziyatli uyinlar, real loyihalashtirish,
tipik bo‘lmagan ishlab chiqarish
vaziyatlarini tahlil qilish kabi o‘quv faoliyatining faol turlari yuqori samara beradi va o‘quvchilarda malaka
va tajribani shakllantiradi;
agar ta’lim maqsadi ilmiy kadrlarni
tayyorlashga qaratilgan bo‘lsa,
o‘qitish texnologiyasi ijodiy yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z ichiga qo‘yilgan
masalalar bo‘yicha ilmiy baxslar, muammoli masalalar yechimini topish, munozara
baxs kabi faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Aniq tadqiqotlar buyicha tahlil,
ularning natijalarini umumlashtirish va tegishli xulosalar qilish mustaqil
ravishda bajariladi.
O‘qitish texnologiyasini
tanlash va ishlab chiqarish kasbiy oliy ta’lim uchun juda muhim bo‘lib,
o‘qitish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, turli texnologiyalarni dars
jarayonida qo‘llash maqsadga muvofiq. Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy
sifatlarini shakllantirish uchun fan va ishlab chiqarish integrasiyasi asosida
o‘qitish didaktik tamoyillariga rioya qilish kerak. Bu tamoyillarni amalga oshirish uchun o‘quv fanini ilmiy anglash
asosida modellashtirish muhim hisblanadi. Uning asosiy funksiyasi fanning mazmuni,
kelib chiqishi, rivojlanishi va o‘quv fanining strukturasiga bog‘liq. Fanni
o‘qitish metodologiyasi, uni mantiqiy tuzish yangi usullarini shakllantirish va
rivojlantirish orqali fan va ishlab chiqarish integrasiyaga erishiladi.
O‘qitishning kasbiy-ijodiy
yo‘naltirilganligi talabalarni ilmiy-texnik, ijodiy ish qilishda tajriba
orttirishiga yo‘naltirilgan uslublar orqali bo‘lajak mutaxasislarni, nafaqat
ularning ish xarakteri va talablariga javob berishini shakllantirib
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashishini ta’minlaydi, hamda
qo‘yidagi xususiyatlar bilan
tavsiflanadi:
1. O‘z intellektual
imkoniyatlarini yuqori darajada amalga oshira olish, ijodiy potensialini imkoni
boricha tashabbus va tadbirkorlikka yo‘naltirish, ilmiy-texnik bilimlarni uzluksiz
ravishda oshirib borish, murakkab masalalarni bazor iqtisodiyati sharoitida hal
qila olish, yuqori raqobatli bazor iqtisodiyoti shariyatida bo‘lajak
mutaxassislarni kasbiy faoliyati darjasida raqabotbardosh etib tayyorlash oliy
ta’lim muassasasining muhim missiyasi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham
o‘qitish texnologiyalari talabalarda ijodiy yo‘naltirilgan faoliyatni
rivojlantirish, vaziyatli muammolarni guruh bo‘lib «konsilium» usuli bilan
qaror qabul qilish, jamoa bo‘lib muammolarni hal qilish va h.k.
2.
O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilganligi. Bu o‘qitish texnologiyasining tamoyili
shaxsga yo‘naltirilganlikdir. Ta’lim jarayonida talaba sub’yekt sifatida
qaralib, uning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish o‘qituvchidan talab etiladi.
Pedagogik ta’sirlar orqali ijtimoiy va individual muloqat orqali o‘qitish
jaryonida shaxni shakllantirishga erishish, hamda har bir o‘quvchining
individual xususiyatlarini belgilash imkoniyati yaratiladi.
3. Bo‘lajak
mutaxassisning mustaqil ta’lim tajribasini rivojlanti-rishga yo‘naltirilgan
o‘qitish. Innovatsiyalarga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida Oliy kasbiy
ta’limning shaxsni rivojlantirishga, uning ilmiy-texnikaviy va innovasion
faoliyatini ijtimoiy buyurtmalar asosida shakllantirish bugungi kun talabidir.
Bugingi mehnat bozorining talabiga javob berish uchun tayyorlanayotgan
mutaxassislarni mukammallashtirilgan davlat standartlari asosida o‘qitish, innovasion
ta’lim sohasini yaratish hamda raqabatbardosh ta’lim xizmati bozorini
shakllantirish 21 asrning ta’lim sohasidagi vazifalardan sanaladi.
Shunday qilib, pedagogik innovasion
texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayonining global, o‘qish tizimi aniq
yo‘naltirilgan boshqaruv modelini shakllantiruvi texnologiya deb qarash mumkin.
Oliy ta’lim muassasida ko‘zlangan natijaga erishish uchun aniq yo‘naltirilgan
texnologiyalar bilan bir qatorda an’anaviy pedagogik texnologiyalar ham, tor
yo‘nalishdagi fan o‘qituvchilari tamonidan qo‘llaniladi. Pedogogik
texnologiyalar doirasida yangi o‘qitish modellarini ishlab chiqish,
loyihalashtirish va o‘quv jarayoniga joriy etish ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Universal innovatsiyalar ham
mavjud, misol uchun ta’lim tizimida turli kompyuter dasturlaridan
muvaffaqiyatli foydalanish butun dunyo bo‘ylab amalga oshirilgan, lekin,
shunday innovatsiyalar ham mavjudki, ular ancha qiyinchiliklar bilan amalga
oshirilmoqda. Bugungi kunda ularning yangi ta’lim paradigmasiga mos kelish
uchun, o‘zini maqsadli ravishda ijodiy shaxs sifatida shakllantirishni
o‘rganish juda muhim hisoblanadi.
Innovasion ta’lim jarayonida
o‘qituvchi va talaba pozisiyasining faolligi shundan iborat bo‘ladiki, ularning
har biri o‘z faoliyatini va hatti-harakatining boshqaruv sub’yekti sifatida
namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, bu jarayonni talaba sub’yektining shakllanish jarayoni
deb atash mumkin, chunki talaba shaxsi va uning kasbiy-texnologik madaniyati
ta’lim jarayonining texnologik tashkillashtirilganligi natijasidir.
Ta’lim jarayonining «innovasion»
texnologikligi talabani nafaqat ijtimoiy - kasbiy bilimlar bilan ta’minlaydi,
balki unda kasbiga xos sifatlar shakllanishiga ham yordam beradi. Ta’lim
jarayonining texnologiyasi uchta asosiy maqsadlarni hal qiladi:
Shuni takidlab o‘tish
lozimki, o‘qituvchining innovasion faoliyatga tayyorligining ijtimoiy va kasbiy
muhim sifatlari, nafaqat ta’lim muassasasidagi iqtisodiy va moliyaviy
vaziyatga, balki bevosita bu sifatlarning talab etilganligi bilan bog‘likdir.
Kasbiy jihatdan muvaffaqiyatli o‘qituvchilarning malakalari va kasbiy sifatlari
zamonaviy oliy ta’limning asosiy talablaridandir(1.4-rasm).
1.4-Rasm. O‘qitish texnologiyasini tanlashda o‘quv jarayonining asosiy
jihatlari[1]
O‘quv jarayonini modernizasiyalash
jarayoni va kompyuter, audiovizual texnikalarni joriy etishning maqsadi, test
nazoratlarida innovasion usullardan foydalanish, yangi bilimlarni
o‘zlashtirishda va shakllantirishda videofilmlardan foydalanish, tajribalar
o‘tkazishda yangi kompyuter dasturlaridan foydalanish, bularning barchasi
modernizasiyaning mohiyatini anglatadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
Respublika ta’lim muassasalarida MOODLE tizimini joriy etish bo‘yicha tegishli
qarorlar qabul qilingan. O‘quv jarayonini boshqarishda WEBga yo‘naltirilgan,
ya’ni WEB muhitida ishlaydigan ta’limni boshqaruvchi maxsus dasturiy
ta’minotlar mavjud. Bu dasturiy ta’minotlarning o‘ziga xos bo‘lgan tomonlari
bor, ya’ni o‘quv jarayonining sifatiga ta’sir qiladigan ma’lum bir imkoniyat,
xususiyat va funksiyalari mavjud.
Ta’lim tizimi jarayonida zamonaviy innovatsiyalarni
qo‘llash usullarining asosi bu – o‘qitishning yangi metodlarini
qo‘llash, o‘quv jarayonini intensifikasiyalash sharoitida tahsil oluvchilar
faoliyatini shakllantirish, zamonaviy texnikaviy axborot vositalari va
mashg‘ulot tuzilmasini tashkillashtirish va rejalashtirishda o‘qituvchilarni
hamda tahsil oluvchilarning psixologik xususiyatlarini bilishini taqozo etadi.
O‘qitishning yangi metodlari
– bunda innovatsiyalarni kiritishda
birinchi galda, mashg‘ulotni majmuaviyligidir, ya’ni bir mashg‘ulotda
materialni ma’ruzaviy bayon etish va amaliy ishlarni o‘tkazishni birga qo‘shib
olib borish hisoblanadi. Shu bilan birga, amaliy mashg‘ulotlar soatlarini
oshirish yo‘llari, ta’lim berishni o‘z vaqtida to‘g‘rilash uchun har bir
mashg‘ulotda o‘qish – o‘rganishning borishini bosqichma-bosqich nazorati,
talabalar harakatini muammoli va o‘yinli vaziyatlar yo‘li bilan faollashtirish,
o‘qitishni individuallashtirish va o‘zaro o‘rganish uchun sharoitlarni
yaratish, talabalar tomonidan aniq ishbilarmonlik rolli vazifalarni bajarish, innovasion
ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha maxsus amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishni
kiritishimiz mumkin.
Mashg‘ulot tuzilmasini
tashkillashtirish va rejalashtirish-o‘quv jarayonini innovasion tizimda
o‘tkazish maqsadida bir fan bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish uchun butun o‘quv
kuni yoki boshqa fanlar bilan almashmaydigan bir necha o‘quv kun sharoitlari
yaratilishi talab etiladi.
1.5-Rasm. Ta’lim jarayonida sifat samaradorligini oshirishda
innovatsiyalarni joriy etishning asosiy vazifalari[1]
O‘qituvchilar tarkibi
tomonidan har bir tahsil oluvchilarning psixologik xususiyatlarini bilishida
albatta ta’lim va tarbiyada individual yondashuvni ta’minlash uchun muhim
masaladir. Guruh a’zolarini psixologik xususiyatlarini tushunish mos keladigan
o‘qitish metodikasini tanlash imkonini beradi. Bunga pedagog innovasion
yondashuvi , talabalarni individual xususiyatlarini hisoblagan holda o‘quv
guruhlarini yaratish yo‘llarini yo‘naltirishdan iborat.
Ta’lim jarayoniga innovasion
yondashish ta’lim sifatiga erishish maqsadida o‘quv faoliyatini
optimallashtirishning asosiy omillaridan hisoblanadi, hamda o‘qituvchilarni
yangi pedagogik yondashuvlarni izlashga undaydi.
Ta’limdagi innovatsiyalar
o‘qituvchi tomonidan o‘qitish davomiyligini o‘zgartirmasdan, bilim sifatiga
bo‘lgan talabni pasaytirmasdan katta hajmdagi o‘quv axborotini yetkazish
imkonini beradi.
Oliy ta’lim tizimining innovasion
metodlaridan biri muammoli ta’lim hisoblanadi va u ijodiy jarayonni aks
ettiradi, unda talaba nostandart o‘quv topshiriqlarni yechib, yangi bilim,
ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. Muammoli ta’lim talabaga zarur ijodiy malakalarni
hosil qilishga imkon beradi.
|
Ижтимоий фанлар, маҳаллий ва хориждаги илғор илмий
билимлар
|
|
Жаҳон замонавий ўқитиш
тажрибаси
|
|
Ижтимоий ривожлантириш
ва ўқитиш амалиётининг
тенденциялари
|
|
Илм-фан ва таълим
дастури бўйича энг яхши амалиётлар
|
|
Ижтимоий фанлар, маҳаллий ва хориждаги илғор илмий
билимлар
|
|
Жаҳон замонавий ўқитиш
тажрибаси
|
|
Ижтимоий ривожлантириш
ва ўқитиш амалиётининг
тенденциялари
|
|
Илм-фан ва таълим
дастури бўйича энг яхши амалиётлар
|
|
Ижтимоий фанлар, маҳаллий ва хориждаги илғор илмий
билимлар
|
|
Жаҳон замонавий ўқитиш
тажрибаси
|
|
Ижтимоий ривожлантириш
ва ўқитиш амалиётининг
тенденциялари
|
|
Илм-фан ва таълим
дастури бўйича энг яхши амалиётлар
|