2-bob bo‘yicha xulosa
1. Ta’limni raqamlashtirish – bu o‘quv jarayonini
takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy raqamli
texnologiyalar va vositalardan foydalanishdir.
2. Ta’limni raqamlashtirish elektron axborot ta’lim
sohasini yaratish va ishlatish, maxsus virtual texnologiyalarni qo‘llash, turli
ta’lim platformalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilish imkoniyatlarini, umuman
bara faoliyat sohalarini axborot-kommunikasion texnologiyalar asosida qurishni
anglatadi.
3. Raqamlashtirishning asosiy afzalliklaridan
biri bu – talabalarning faolligini
oshirish imkoniyatlaridir. Onlayn ta’lim platformalari, ijtimoiy tarmoqlar va
mobil ilovalar kabi raqamli vositalardan foydalangan holda, universitetlar
o‘quvchilarni motivatsiya qilishi va interaktiv hamda qiziqarli ta’lim
tajribalarini yaratishi mumkin.
4. Tobora murakkablashib borayotgan motivatsiya
tizimlarining paydo bo‘lishi, xodimlarni boshqarish, innovatsiyalarni yaratish
va amalga oshirish, uni mamlakat va
xorijiy tashkilotlarda eng muhim boshqaruv vositalaridan biriga aylantirish
omili sifatida moddiy va nomoddiy motivatsiya ahamiyatining izchil o‘sishini talab
qilmoqda.
5. Innovasion
faoliyatni rag‘batlantirish - bu motivatsiya funksiyasining tarkibiy
qismlaridan biri, u yagona kompleks bo‘lishi kerak, bir-birini almashtiradigan
va bir-birini to‘ldiruvchi qobiliyatga ega bo‘lib, asosiy omillarni ko‘rib
chiqish zarurligini belgilaydi.
6. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovasion va
tijoratlashtirish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat jamoasida barcha
rahbar va professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash har qanday
oliy ta’lim muassasasining muhim vazifalaridan biridir.
7. Oliy ta’lim muassasasida innovasion faoliyatni
tijoratlashtirishni tashkil etishda har bir universitetda boshqarish tizimining
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni, oliy ta’lim muassasasisining
faoliyat diversifikatsiyasini ta’minlashi, moliyaviy barqarorlikka erishishi
uchun tijoratlashtirishning turli ilg‘or mexanizmlarini izlashi talab etiladi.