3.3. Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni baholash mezonlari va ta’lim standartlarini qo‘llash istiqbollari
O‘zbekiston oliy ta’lim
tizimining innovasion rivojlanishining jahon miqyosida tobora o‘zgarib
borayotgan global tendensiyalari ushbu yo‘nalishda yanada maqsadli va jadal
ishlashni talab qiladi. O‘zbekiston ta’limi o‘ziga xosligini, eng yaxshi
an’analarini saqlab qolgan holda, shu bilan birga jahon ta’lim tendensiyalarini
to‘liq hisobga olishi, jahon me’yorlari va standartlari bilan bog‘liq bo‘lishi
va umumevropa, global rejalariga yaqinlashishi kerak.
Zamonaviy postindustrial
jamiyat iqtisodiyotini “bilimlar iqtisodiyoti” deb ta’riflashimiz mumkin, bunda
jamiyatning asosiy boyligini narsalar emas, tabiiy shu jumladan, energiya
resurslari tashkil etadi, axborot va intellekt ustuvor hisoblanadi. Yangi jamiyatda
ma’naviy qadriyatlar birinchi o‘ringa chiqadi, ular birinchi navbatda fan va
ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi odamlar – ilm hamda ta’lim sohasidagi
olimlar tomonidan yaratilgan. Bugungi dunyoda ta’lim, ham sotiladigan xizmat, ham qimmatli intellektual
mulkdir.
Oliy ta’lim muassasalarining innovasion faoliyati uning rivojlanishiga va
raqobatbardoshligini ta’minlashga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Fan-texnika taraqqiyoti talabalarning bilimlariga, ularning ijodiy
rivojlanishiga, muayyan faoliyat sohasida oqilona yechimlarni topa bilish
iqtidoriga yangi, ortib borayotgan
talablarni qo‘yadi. Bugungi kunda mutaxassislardan ham eski, joriy holatni
tushunish, ham mutlaqo yangi vazifalarni qo‘ya olish va ularni ilmiy asosda hal
eta olishlik talab etilmoqda.
OTMning innovasion faoliyati samaradorligi iqtisodiy
samaradorlik, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik, mamlakat
mudofaa qudratini mustahkamlash, shuningdek mamlakat ilmiy salohiyatining
obro‘si ortishi bilan tavsiflanishi mumkin. Ilmiy
tadqiqotlar, innovasion faoliyat samaradorligi baholashda turli mezonlarga asoslaniladi(3.10-rasm).
Mezon – muayyan bir nazariya, ta’limot, fan, dunyoqarash yoki nazariy dasturning
asosi bo‘lib, insonning e’tiqodi, voqelikka bo‘lgan munosabati va xulq-atvor
meyorlarini belgilab beradi. Falsafada mezon – boshlang‘ich nuqta, boshqaruvchi
g‘oya, xulq-atvor, o‘zini tutishning asosi sifatida qaraladi. Mantiqiy ma’noda
mezon markaziy tushuncha bo‘lib,
abstraksiya sifatida olingan hodisaning barcha sohalariga tadbiq
qilinuvchi, umumlashtiruvchi va tarqatuvchi tizimning asosidir[2].
Fundamental nazariy
tadqiqotlarning samaradorligini miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan baholash qiyin.
Ular, odatda ilmiy ishlamalar tugallangandan so‘ng, ancha keyin samara bera
boshlaydi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalaridan iqtisodiyotning turli
sohalarida foydalaniladi. Shu boisdan ham, kutilayotgan samarani baholash qiyin
masala hisoblanadi. Bunday tatqiqotlar uchun, qoidaga ko‘ra, sifat mezonlari, jumladan hodisaning yangiligi, tadqiqot fanining obro‘si, ishning
xalqaro miqyosda keng tan olinishi, mamlakat mudofaa imkoniyotiga qo‘shilgan
xissa, monografiyalar, olimlarning ishlanmalaridan turli mamlakatlarda
foydalanilishi kabilar bilan belgilanadi.
Amaliy ilmiy tadqiqot
ishlanmalarining natijasi turli miqdoriy mezonlar
bilan baholanadi, shulardan asosiysi - iqtisodiy
samaradorlik, xususan joriy etishga bo‘lgan xarajat, joriy etish ko‘lami,
muddati kabi bir qator omillarga bog‘liq mezoni hisoblanadi. Ilmiy
xodimning ish samaradorligi esa ishlanmaning yangiligi, e’lon qilingan
maqolalar soni, ishdan nusxalar olish kabilar bilan baholanadi.
Yangilik mezoni - bu, mualliflik
guvohnomasi va patentlar miqdori, ko‘chirmalar olish - ilmiy xodim ishlariga
havolalar soni bilan belgilanadi. Iqtisodiy baholash
esa kamdan-kam qo‘llanadi.
Ilmiy-tadqiqot guruhi yoki
tashkilotning mehnat samaradorligi esa
mehnat samaradorligi, joriy
etilgan mavzular miqdori, ilmiy maqsulotni tadbiq etishdan kelgan iqtisodiy
samara, olingan mualliflik guvohnomasi va patentlar soni, sotilgan lisenziyalar
soni kabi mezonlar bo‘yicha baholanadi. Ilmiy tadqiqotlar samaradorligi - ilmiy
faoliyat bilan shug‘ullanish va kishilik jamiyati farovonligini oshirishga
yo‘naltirilgan ilmiy mahsulot (ITM) yaratish strategiyasi va taktikasining
asosidir.
Xulosa qilib aytganda, ilmiy
tadqiqotlar iqtisodiy samarasini hisoblash ularni amalga oshirish bosqichlariga
muvofiq amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan mo‘ljal, kutilayotgan va haqiqiy
iqtisodiy samaradorlik bir-biridan
farqlanadi. Rejalashtirilgan iqtisodiy samara ilmiy tadqiqot ishini
asoslashda va uni ish rejasiga kiritishda belgilanadi. Mazkur holda, hisob -
kitoblar taxminan, bashoratlanayotgan joriy etish ko‘lamini hisobga olgan
holda, yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligiga bir qator omillar ta’sir qiladi(3.11-rasm).
OTM innovasion faoliyatini
tashkil etishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsnon ishlanmalar
rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni rag‘batlantirish bo‘yicha
amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam
aloqasini ta’minlash maqsadida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda
real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasida uzviy hamkorlik aloqalarnin
o‘rnatishda innovasion g‘oyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining
ahamiyatini e’tiborga olgan holda, oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan
mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayoniga transferiga bir qator omillar
ta’sir ko‘rsatadi(3.12-rasm).
|
Олий ўқув
юртларининг инновацион салоҳияти
|
|
Олий ўқув
юртларида яратилган маҳсулотларнинг ишлаб чиқариш жараёнига трансферига
таъсир кўрсатувчи омиллар
|
|
Олий ўқув
юртлари жойлашган ҳудудларнинг иқтисодий салоҳияти
|
|
Олий ўқув
юртининг таълим йўналишлари
|
Oliy o‘quv yurtlarining innovasion
salohiyati, xususan oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati, ularning
biznes sohasida bilimlarga egalik darajasi, ilmiy-tadqiqotlarga jalb qilingan
talabalar soni, oliy o‘quv yurtida zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan
laboratoriyalarning mavjudligi hamda ulardan foydalanish samaradorligi kabi
omillar oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati, unda olib borilayotgan
ilmiy-tadqiqot natijalarining sifati va soniga ta’sir etuvchi eng asosiy
omillardan hisoblanadi. Professor-o‘qituvchilarning
o‘z sohalari bo‘yicha chuqur bilimga, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini
tezkorlik bilan o‘zlashtira olish qobiliyatiga egaligi, turli sohalarda mavjud
muammolarni aniq ko‘ra bilishi va o‘z bilimlarini ana shu muammolarni hal
etishda qo‘llay olishi oliy o‘quv yurti innovasion faolligini, yaratilgan
innovatsiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilish imkoniyatini oshiradi.
Faoliyat yurituvchi korxonalar soni, ular o‘rtasida raqobat muhitining
shakllanganligi, ularning innovatsiyalarni o‘zlashtira olish imkoniyatlari
innovatsiyalar transferi jarayoniga oliy o‘quv yurtlari joylashgan hududlarning
iqtisodiy potensiali ham ta’sir ko‘rsatadi. Hududlarda faoliyat yurituvchi
korxonalar sonining ko‘pligi va ular o‘rtasida raqobat kurashining kuchayishi
foydani maksimallashtirishda raqobatning narxsiz usulidan foydalanish,
innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish zaruriyatini keltirib
chiqaradi.
Innovatsiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilishi korxonalarda yuqori
bilim darajasiga ega bo‘lgan, yangiliklarni tez o‘zlashtira oladigan kadrlar
mavjudligini talab qiladi. Bu esa, oliy o‘quv yurtlari va ishlab chiqarish
korxonalari o‘rtasida kadrlar malakasini oshirish, kadrlar almashinuvi bo‘yicha
hamkorlikning kuchayishiga olib keladi.
Korxonalarning innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan
bog‘liq bo‘lgan harajatlarni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy mablag‘ga
ega bo‘lishi innovatsiyalarga bo‘lgan talabning oshishiga xizmat qiladi.
Raqobat muhiti yetarli darajada shakllanmagan sharoitda, asosiy e’tibor oliy
o‘quv yurtlarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, ularning natijalari,
yaratilgan innovatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni ishlab chiqaruvchi
korxonalarga etkazish usullaridan samarali foydalanishga qaratilishi lozim.
Chunki, ishlab chiqarish korxonalarida innovatsiyalarga nisbatan qiziqishning
pastligi, raqobatchi korxonalar sonining kamligi ularni innovatsiyalarni ishlab
chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq qo‘shimcha harajatlarni amalga
oshirishiga to‘sqinlik qiladi.
Respublikamizda har yili o‘tkazib kelinayotgan “Innovasion g‘oyalar,
texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”ga oliy o‘quv yurtlari
tomonidan taqdim etilgan innovatsiyalarni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanishi
tahlil qilinadigan bo‘lsa, innovatsiyalarning asosiy qismi sanoat yo‘nalishiga
to‘g‘ri kelishini ta’kidlashimiz mumkin.
Yuqorida fikrlardan kelib chiqib, mamlakatimiz oliy
o‘quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot va pedagogik
natijalari yaratilishi va ularni amaliyotga joriy etish jarayonini
yanada takomillashtirishda asosiy e’tiborni kadrlar tayyorlash bilan
birgalikda, mavjud ilmiy potensialni rivojlantirish, ulardan samarali
foydalangan holda ilmiy-tadqiqot natijalarini yaratish va amaliyotga joriy
etishga qaratish lozim, deb hisoblaymiz.
Ta’lim tizimi sifatini ta’minlash, hamda samaradorligini oshirishda uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga
imkoniyatlarni kengaytirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning
xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari
faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga
qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini
rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning
samarali mexanizmlarini yaratish kabi masalalarga alohida o‘rin berildi.[3]
Tadqiqot ishimizda
Respublikamizda oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yuqorida keltirilgan
vazifalarni hal etishga qaratilgan, oliy
ta’lim muassasalarida xalqaro standartlarni qo‘llash siyosatini, uning ta’lim
sifatiga ta’sirini tadqiq etishni joiz, deb bildik.
Oliy ta’lim sifatining ta’lim
sifatiga mosligi, ta’lim xizmati iste’molchilarining talablariga mos kelishi
kerak. Ta’lim sohasidagi kategoriya normalari sifatida ISO
standartlari, Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Yevropa assosiatsiyasi (ENQA), Oliy ta’lim
sifati bo‘yicha
Yevropa reyestri ( EQAR), Arab davlatlari Ligasining ta’lim, madaniyat va fan
bo‘yicha tashkiloti (ALECSO) kabi bir qator tashkilotlarning texnik
reglamentlarini ta’kidlab, ko‘rsatishimiz mumkin. Ular orasida Xalqaro
standartlash tashkiloti ISO standartlariga
to‘xtalib o‘tishni joiz, deb bildik.
Oliy ta’limda sifatni
ta’minlashda ISO 21001-2018 Ta’lim muassasalari
uchun boshqaruv tizimlari ( EOMS) standartlariga
asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanib, ta’lim muassasalari
xizmatlari sifatini yaxshilashga va takomillashtirishga qaratilgan.
EOMS shartlari to‘plami
boshqarish vositasi sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim
muassasalarida talabalarning, professor o‘qituvchilar, iste’molchilar, xodimlar
va boshqa qiziquvchi tomonlarning shartlarini, istaklarini muvofiqlashtirish, ular
o‘rtasida integratsiyani ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur standartlarning
o‘ziga xos jihati bo‘lib, uning ISO
sistemasidagi boshqa standartlar bilan
o‘zaro muvofiqlikning o‘rnatilishi hisobiga, yuqori darajadagi tarkib
ta’minlanadi. Bu esa, EOMSning ISO 21001-2018 va boshqa aniq
sektorlarga yo‘naltirilgan boshqa standartlar bilan bir tarkibga ega ekanligini
ko‘rsatadi. Mazkur standartlarning yuqori daraja tarkibi (HLS) ikki va undan
ortiq boshqaruv tizimi standartlarini birlashtiradigan Integrated Management
System kabi yagona boshqaruv tizimini tanlay oladigan tashkilot va muassasalar uchun muhim hisoblanadi.
ISO 21001 seriyasidagi standartlarni ISO seriyasidagi boshqa standartlardan farqlovchi
asosiy jihati, standart shartlari va konsepsiyasiga nisbatan keltirilgan juda
ko‘p tavsiyalar va ma’lumotlar ham
ta’lim xizmatlari bilan bog‘liq.
Shuni ta’kidlashimiz
mumkinki, ISO 21001 standartlari ISO 9001 standartlarining davomchisi
hisoblanib, ta’lim sohasida sifatni boshqarish tizimini yaratishga xizmat
qiladi. ISO 21001 standartlari ISO/RS 288
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Koreyaning texnologiyalar va
standartlar bo‘yicha Agentligi (KATS) tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur
standartlar boshlang‘ich, o‘rta ta’lim yoki universitet darajasida ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatish sohasi, davlat ta’lim sektori yoki xususiy ta’lim
sektori bo‘lishidan qat’iy nazar qo‘llanilishi mumkin.
EOMS nafaqat maktab yoki oliy
ta’lim muassasalari uchun, balki ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatishda o‘quv dasturlaridan foydalanadigan har qanday
muassasa uchun ham o‘rinlidir. Ta’limda standartlarning qo‘llanishi yangilik emas.
ISO tashkiloti ta’lim sektoriga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish
maqsadida ISO 21001-2018 boshqaruv tamoyillarini ishlab
chiqdi (3.13-rasm).
|
Маълумотларнинг ҳавфсизлиги ва
ҳимоя
|
|
Операцион бошқарув
|
|
Ҳаққоний маълумотларга асосланган
қарорлар
|
|
Эътиборни ўқувчиларга ва бошқа
манфаатдор томонларга қаратиш
|
|
Узоқни кўзловчи
етакчилик
|
|
Муносабатларни бошқариш
|
|
Одамларни жалб этиш
|
|
Ижтимоий бошқарув
|
|
Яхшиланиш
|
|
Инновацияларни
бошқариш
|
|
Жараёнли ёндашув
|
3.13-rasm. EOMS
tamoyillari
EOMS o‘quvchilar va boshqa manfaatdor shaxslarning talab va ehtiyojlariga javob
bera oladigan darajadagi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlashda ta’lim
muassasalari uchun boshqaruvning yagona
dastagini yaratishga qaratilgan. Asosiy manfaatdorlar ta’lim oluvchilar
va ta’lim muassasalari bo‘lishiga qaramasdan, barcha jalb etilgan tomonlar ham ISO 21001 va tarmoqning ilg‘or amaliyotiga asoslanib,
ta’lim muassasalari uchun joriy etilgan sifatni boshqarish tizimiga
asoslanishlari mumkin.
O‘quv yili davomida o‘quv
rejasi, yo‘riqnomalar, o‘qitishning tartibi, davomiyligi, baholash mezonlari,
shuningdek ta’lim jarayonidagi ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlar sababli,
talabalarning ehtiyojlari ham o‘zgarishi mumkin. ISO 21001 standartlarini tadqiq etar ekanmiz, ushbu ehtiyojlarning
o‘zgarishiga nisbatan ham juda ehtiyotkorlik bilan yondoshilganini ko‘rishimiz
mumkin. Ushbu ehtiyojlar mazkur standartda
topish mumkin bo‘lgan aniq va umumiy shartlarga ajratilgan.
ISO 21001 standartlari
tashkilot falsafasi, rahbarlik, rejalashtirish, qo‘llab-quvvatlash,
operatsiyalar, faoliyatni baholash, yaxshilanish kabi bandlardan tarkib topgan
bo‘lib, mazkur bandlarda keltirilgan shartlarning hammasi talab darajasida
bajarilganida hamda unga amal qilinganida, OTMlarida talabalar o‘zlarining
qobiliyat va salohiyatlaridan to‘liq foydalanishlariga, o‘z vazifalariga
nisbatan mas’uliyatning ortishiga, amaliyotni mazmunli o‘tkazish hamda ijtimoiy
jihatdan mas’uliyatni his etishga qaratilgan
ijobiy muhit yaratilishi imkoniyati yuzaga keladi.
Tadqiqot natijalariga
asoslanib, Oliy ta’lim muassasalariga ISO 21001-2018 standartlarini joriy etishni rejalashtirish
yuzasidan quyidagi ilmiy-amaliy takliflarni umumlashtirishimiz mumkin:
OTMning missiyasini aniqlash,
manfaatdor tomonlarning hohish va istaklarini tushunish hamda EOMSning faoliyat
sohasini aniqlash kerak;
OTMning asosiy maqsadlarini
shakllantirish hamda tahdidlar va imkoniyatlarini baholash kerak;
OTMning mavjud resurslari
holatini baholash kerak;
OTM xizmatlari sifatiga
bo‘lgan talab va taklif haqida xabardor bo‘lishlik va uzviy muloqatning
o‘rnatilishi;
hujjatlashtirilgan
axborotlarga ega bo‘lish asosida OTMga ISO 21001-2018
standartlarini joriy etishni
rejalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
OTMga ISO 21001-2018
standartlarini joriy etish bo‘yicha quyidagi vazifalar bajarilishi kerak:
operativ rejalashtirishni
amalga oshirish va nazoratni o‘rnatish;
sifatli ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatish va yanada rivojlantirish;
tashqi jarayonlar va
xizmatlarni oqilona boshqarish;
ta’lim xizmatlari nazoratini
ta’minlash.
Xulosa qilib shuni
ta’kidlashimiz mumkinki, OTM faoliyatini ISO 21001-2018 standartlari asosida tashkil etishda ularning qay
darajada samarali ekanligini baholashda faoliyatni doimiy ravishda nazorat
qilish va baholash, ichki auditni amalga oshirish, boshqaruv faoliyati
natijalarini tekshirish, tahlil qilish va umumlashtirish, nomuvofiqliklarni
to‘g‘rilash asosida faoliyatni doimiy yaxshilab borish kerak.
[2] Муаллиф ишланмаси
[3] “Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида» 2017 йил 7 февралдаги
ПФ-4947сонли фармони