06.08.2025
21:53

3.2. Ta’lim tizimida innovasion faoliyatni boshqarishning klaster tizimini takomillashtirish

Ta’lim klasterining elementlari - bu tashkilot, jumladan  universitet, ishlab chiqarish korxonalar biznes tuzilmasi, ta’lim muassasalari  yoki uning alohida tuzilmalari vazifasini hal qilishda ishtirok etadigan tuzilmalarning kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin. Ta’lim klasteri ishtirokchilarining tarkibini vaziyatga qarab to‘ldirilish mumkin.
Klasterni shakllantirish jarayoni sheriklar o‘rtasida ehtiyojlar, texnologiyalar haqida ma’lumot almashishga asoslangan. Klasterli yondashuvda klasterning barcha a’zolari uchun turli aloqa vositalari yordamida erkin ma’lumot almashish va yangiliklarni tez tarqatish imkoniyati mavjud.
Klasterli yondashuv metodining rivojlanishini belgilovchi muhim omillaridan biri uning tadqiqot tashkilotlari bilan aloqaga asoslanligi. Klaster munosabatlarining asosiy belgilari esa uning izchilligi, yaxlitligi va sinergetik tavsifga egaligidir.  
Sinergistik yondashuvni tizimli yondashuvning bir qismi sifatida ham qarash mumkin, bu yondashuvni o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zini anglash va o‘zini o‘zi tashkil etish g‘oyalari ustun bo‘lgan ilmiy tadqiqotning mustaqil sohasi deb ham, hisoblash mumkin. Ta’lim klasteri ichidagi o‘zaro ta’sir yo‘nalishi - bu ma’lum bir loyiha doirasida va ma’lum bir davr mobaynida klasterning alohida elementlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish yo‘lidir(3.5-rasm).
             3.5-rasm. Ta’lim tizimiga klasterli yondashuv
E.N.Semikinning so‘zlariga ko‘ra, klaster ta’rifida bir nechta asosiy xususiyatlarni ajratish mumkin:
klasterda har doim bir nechta element mavjud;
bu elementlarning barchasi bir xil bo‘lishi kerak;
bu elementlar birgalikda ishlaydi;
ular ishni ayrim elementdan ko‘ra, samaraliroq bajaradilar;
natija nafaqat miqdoriy, balki sifat jihatdan  ham farq qiladi;
bu samaradorlikni baholash mumkin bo‘lgan mezon mavjud bo‘ladi.
Ta’lim klasterini yaratish uchun zaruriy resurslarni, avvalom bor, inson  resurslarini ajratish kerak, jumladan turli tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan universitet, ishlab chiqarish korxonalari biznes tuzilmasi, ta’lim muassasasi  rahbarlari va shu tashkilotlarga faoliyat yuritayotgan ijodiy a’zolarisiz ta’lim klasterini shakllantirib bo‘lmaydi.
Ta’lim tizimida innovasion faoliyatni boshqarish klaster tizimining axborot manbalari deganda, ta’lim klasterining barcha a’zolari va barcha a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki, hamda ta’lim klasteriga kiritilgan barcha sub’yektlar va tashkilotlarning axborot oqimlarini shaharning umumiy axborot muhitiga kiritilishi tushuniladi.
  Ta’lim klasterini yaratishning tashkiliy shartlariga:
  innovasion pedagogik faoliyatning markazida to‘plangan tashkilot vakillarini o‘z ichiga olgan tarmoq tuzilmasini  yaratish;
  ta’lim klasteri faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uning tarkibidagi barcha elementlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish;
  ta’lim klasterini rivojlantirishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam marketing tadqiqotlarini o‘ztkazish.
  Ta’lim klasteri tarmoq tizimini innovasion rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki,  har  qanday  tarmoqning  innovasion  rivojlanishi  tegishli  ilmiy  asossiz rivojlanmaydi. Ta’kilash   joizki, uzluksiz   kasbiy   ta’lim   tizimining   tarkibiy   qismi   sifatida oliy ta’lim  klasteri  turli  darajadagi  ta’lim muassasalari  orasidagi  aloqani mustahkamlash, talabalarning amaliy tayorgarlik sifatini yaxshilash, o‘quv jarayonining samaradorligini  oshirish  va    ta’lim  tizimida  izchillik  va  integrasion jarayonlar tamoyilini amalga oshirish imkonini beradi.
Demak, ta’lim klasteri – bu tarmoqqa tegishlilik belgisi va  tarmoq korxonlari  bilan  hamkorlik  munosabatlari  bilan  birlashgan  ta’lim  muassasalarining o‘zaro bog‘liq majmuasidir. Inson faoliyatining o‘ziga xos turi sifatidagi maktabgacha ta’limning uzluksizligi, ushbu uzluksizlikni avvalgi umumlashgan tajriba va uni aniq faoliyat maxsulini olish uchun  qo‘llashni  bilish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  nazariy  va  amaliy  tomonlari  uzluksiz maktabgacha  ta’lim  tizmining  integrativ  ta’lim  tuzilmasi  bo‘lgan  ta’lim  klasterida amalga oshadi.
Ta’lim klasterining rivojlanishiga hamda samarali faoliyat olib borishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
talabga javob beradigan texnologik infratuzilmaning mavjudligi;
qatnashchilarning o‘zaro hamkorlikka ruhiy jihatdan tayyorligi;
klaster sub’yektlari o‘rtasida axborot almashishni ta’minlovchi kuchli axborot texnologiyalarining mavjudligi;
ta’lim klasterini rivojlantirishning turli darajalardagi mustahkam strategiyasining mavjud bo‘lishi;
tajribadan o‘tkazishga  yo‘naltirilgan  dastur  va  loyihalarni  boshqarish  hamda amalga oshirishning samarali mexanizmlarini qo‘llash imkoniyati;
ta’limni klasterlashtirish bilan bog‘liq ilmiy-amaliy ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish;
ularda samaradorlikka erishish uchun mavjud texnologik va ilmiy infrastrukturani jarayonga moslashtirish;
ta’lim klasteri sub’yektlarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish vositasida ularning  mazkur  innovasion  jarayonni  to‘la  anglab  yetishlariga  erishish,  hamkorlik ko‘p tomonlama manfaat keltirishini anglashlariga imkon yaratish;
klasterni rivojlantirishning puxta o‘ylangan strategiyasini, loyihani muvaffaqiyatli boshqarishning usul va yo‘llarini ishlab chiqish.
Ta’lim klasteri tizimining asosiy maqsadi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro yordamni rivojlantirish, ularga ilg‘or tajribalarni baham ko‘rish, fikr almashish va resurslarni birlashtirish imkonini berishdir. Ushbu tizim ta’lim sifatini oshirish va talabalar uchun yaxshi ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan. Klaster ta’lim muassasalari ko‘pincha qo‘shma loyihalar, o‘qituvchilar uchun malaka oshirish tadbirlari, o‘quv materiallarini almashish bilan shug‘ullanadi.
Fikrimizcha, O‘zbekistonda ta’lim klasterini yaratish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq (3.6-rasm):
 
tadqiqot o‘tkazish  va tahlil qilish. Mamlakatdagi joriy ta’lim tizimini, jumladan, uning yutuq va kamchiliklarini har tomonlama tahlil qilish, maqsadli auditoriya va ularning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash;
manfaatdor tomonlarni jalb qilish. Hukumat rasmiylari, ta’lim muassasalari, ekspertlar va sanoat vakillari kabi tegishli manfaatdor tomonlarni jalb qilish, ta’lim klasterini yaratish muhimligi muhokamasini amalga oshirish va ularning ishtiroki, yordamini izlash;
maqsadlarni belgilash. Ta’lim klasterining maqsad va vazifalarini aniq belgilab olish. Sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni, o‘qituvchilar malakasini oshirish, tadqiqot va innovatsiyalarning sanoat bilan hamkorligini o‘z ichiga olishi mumkin;
klasterni shakllantirish. Ta’lim klasteri uchun konsorsium, assosiatsiya yoki sheriklik shaklida tashkillashtirilishi mumkin bo‘lgan rasmiy tuzilmani yaratish, a’zolarning roli, mas’uliyati va boshqaruv tuzilmasini belgilash;
resurslarni safarbar qilish. Hukumat organlari, xususiy sektor kompaniyalari va xalqaro rivojlanish tashkilotlaridan moliyalashtirish yo‘lini izlash, hamkorlik va daromad olish strategiyalarini o‘z ichiga olgan moliyaviy barqarorlik uchun aniq reja ishlab chiqish;
o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. Maqsadli auditoriya ehtiyojlariga javob beradigan va sanoat talablariga mos keladigan kompleks o‘quv dasturini ishlab chiqish uchun ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, amaliy ko‘nikmalar va innovatsiyalarga urg‘u berish;
o‘qituvchilarning malakasini oshirish. O‘qituvchilarning pedagogik mahoratini, fan bo‘yicha bilimini, yangi o‘qitish usullari va texnologiyalaridan xabardorlik darajasini yaxshilash uchun malaka oshirish dasturlarini qo‘llash, doimiy kasbiy rivojlanishni rag‘batlantirish;
infratuzilmani rivojlantirish. Maktablar, kollejlar, tadqiqot markazlari, kutubxonalar va texnologiya laboratoriyalarini o‘z ichiga olgan ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishga sarmoya kiritish, ob’yektlarning qulayligi va sifatini ta’minlash;
sanoat bilan hamkorlik. Ta’lim klasterining mehnat bozori ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlash uchun manfaatdor sanoat tomonlari bilan mustahkam hamkorlikni rivojlantirish, hamda talabalar uchun amaliyot va shogirdlik imkoniyatlarini ta’minlash;
monitoring va baholash. Ta’lim klasterining samaradorligi va ta’sirini baholash uchun monitoring hamda baholash tizimini yaratish, hamda rivojlantirish va kerakli tuzatishlarni kiritish uchun muntazam ravishda ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
doimiy takomillashtirish. Fikr-mulohazalar va o‘zgaruvchan ehtiyojlar asosida ta’lim klasterining tashabbuslari, o‘quv dasturlari va strategiyalarini doimiy ravishda ko‘rib chiqish va yangilash, hamda innovatsiyalar va doimiy takomillashtirish madaniyatini tarbiyalash.
Ta’lim tizimida shaxsni kamol topishi va yetuk kadr bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning bog‘liqligi – bog‘cha, maktab, lisey, kolledj, oliy o‘quv yurti, doktorantura, malaka oshirish, ishlab chiqarish kabi jarayonlarni qamrab oluvchi butun umr davomidagi ta’lim zanjirini bir-biriga bog‘langanidir.
Shu bilan birga, ta’lim klasterlarini tashkil etishning bir qator kamchiliklari mavjud(3.7-rasm).
Ta’lim klasterlarini tashkil etish va ulairning faoliyatini boshqarishda muassasalar o‘rtasida hamkorlik madaniyatini rag‘batlantirishning o‘rni katta. Bu muntazam uchrashuvlar, seminarlar va konferensiyalar orqali amalga oshiriladi, bunda turli institutlarning professor-o‘qituvchilari va ma’murlari bilim hamda ilg‘or tajribalarni almashish uchun birlashadilar.
Тенгсизлик ва номутаносиблик  
 Ўзгаришларга потенциал қаршилик
Мураккаб қарорлар қабул қилиш жараёнлари
 Маҳаллий идентификацияни йўқотиш
 Рақобат учун потенциал
Кластерларини ташкил этишнинг камчиликлари
   Кластер таркибига қараб иштирокчи мактаблар ўртасида ресурслар, инфратузилма ва таълим сифати бўйича номутаносиблик бўлиши эҳтимоли бор
Баъзи мактаблар ёки манфаатдор томонларда қаршилик мавжуд бўлса, кластер тизимида ўзгаришлар ёки ислоҳотларни амалга ошириш қийинчилик туғдириши мумкин
Кластердаги мактаблар барча иштирокчиларни қаноатлантирадиган қарорлар қабул қилиш учун узоқ муҳокамалар, музокара ва консенсус яратиш жараёнларида қатнашиши керак бўлади. Бу ташаббусларни амалга оширишни секинлаштиради
Мактаблардан ўз амалиётлари ва сиёсатларини умумий кластерга мослаштириш талаб қилинади. Бу эса алоҳида мактаблар ва ҳамжамиятларнинг ўзига хос хусусиятлари ҳамда анъаналари устуворлигини сусайтиради
Кластер ичидаги таълим муассасалари ўртасида рақобатни кучайиши  таълим муассасалари барча ўқувчилар манфаати учун ҳамкорлик қилишдан кўра, бир-биридан устун бўлишга кўпроқ эътибор қаратадиган муҳитни яратиши мумкин.
 
               3.7-rasm. Klasterlarini tashkil etishning kamchiliklari
 
Ta’lim klasterlarini tashkil etish resurslarni muassasalar o‘rtasida taqsimlashga yordam beradi. Bunda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlari, qo‘shma tadqiqot loyihalari, kutubxonalar va jihozlardan foydalanish, o‘quv materiallari va resurslarini almashishga oʻz asoslaniladi.
Axborot almashish va hamkorlikni osonlashtirish uchun samarali aloqa kanallarini yaratish talab etilib,  klaster tizimi a’zolarining muloqot qilishi, yangiliklarni almashishi va loyihalarda hamkorlikni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan markazlashtirilgan onlayn platforma yoki portal yaratishga qaratiladi.
Klaster tizimida tadqiqot va innovatsiyalar rag‘batlantirilib, hamkorlikdagi tadqiqot loyihalarini va yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlovchi moliyalashtirish imkoniyatlari, grantlar va tashabbuslar orqali amalga oshiriladi.
Klaster tizimining samaradorligini ta’minlash uchun uning faoliyatini muntazam ravishda kuzatib borish va baholash zarur. Bunda, manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari o‘rganilishi va ko‘zda tutilgan  maqsadlarga yo‘naltirilgan taraqqiyot baholanadi, hamda kerakli tuzatishlar va rivojlanishni amalga oshirish uchun ushbu ma’lumotlarga asoslaniladi.
Ta’lim klasterlarini tashkil etish kuchli yetakchilik, samarali muloqot va hamkorlikka talab qiladigan, vaqt o‘tishi bilan moslashishi va rivojlanishi kerak bo‘lgan doimiy jarayondir. Klaster tizimlari ob’yektlar, jihozlar va o‘qituvchilar tarkibi kabi resurslarni taqsimlashni optimallashtiradi. Resurslarni birlashtirish orqali klaster tizimlari ulardan samarali foydalanish va taqsimlashni ta’minlaydi. Bu esa, harajatlarni tejash va manbalar holatini yaxshilash imkoniyatini yaratadi.
Klaster tizimlari ko‘pincha kengroq ta’lim imkoniyatlari va o‘quv dasturlari variantlarini taklif etadi. Hamkorlik orqali klaster tarkibidagi maktablar alohida maktablarda mavjud bo‘lmagan maxsus kurslar, dasturlar va jihozlar bilan ta’minlanishi mumkin. Bunday xilma-xillik klasterdagi talabalar uchun ta’lim sifatini oshiradi, deb aytishimiz mumkin.
Ta’lim klasterlari talabalarning klaster ichida akademik mobilligini osonlashtiradi. Talabalar klaster doirasidagi ta’lim muassasasida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularga turli talim shakllarini o‘rganish va maxsus dasturlar yoki kurslardan foydalanish imkoni beriladi. Oddiy talim tizimlarida esa, o‘quvchilarning mobilligi cheklangan bo‘lishi yoki qo‘shimcha mamuriy jarayonlarni talab qilishi mumkin.
Ta’lim klasterlari boshqaruvida sifatni taminlash mexanizmlariga asoslaniladi. Mazkur holat ko‘pincha, qo‘shma akkreditatsiya jarayonlari, umumiy baholash usullari va talim natijalarining muntazam monitoringini o‘z ichiga oladi. Oddiy talim tizimlarida sifatni taminlash mexanizmlari muassasalar o‘rtasida farq qilishi va muvofiqlashtirish darajasi bir xil bo‘lmasligi mumkin.
Klaster tizimlari talim sohasidagi hamkorlikda tadqiqot va innovatsiyalar uchun qulay muhitni taminlaydi. Resurslar va tajribalarni birlashtirgan holda, klasterdagi tashkilot va muassasalar qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirishlari, innovasion o‘qitish usullarini ishlab chiqishlari va yangi texnologiyalarni joriy etishlari mumkin. Oddiy talim tizimlarida bunday hamkorlik va innovatsiyalar uchun imkoniyatlar cheklangan bo‘ladi.
Klasterli talim tizimlari hamkorlikni rag‘batlantirish, resurslarni optimallashtirish hamda talabalar va o‘qituvchilar uchun kengaytirilgan talim imkoniyatlarini rag‘batlantirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
          Shu bilan birga, O‘zbekistonda ta’lim klasterini tashkil etishda, e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan bir qator muammolar ham mavjud(3.8-rasm).
Ресурсларнинг  тўғри тақсимланмаслиги
Ўқув дастурларини лойиҳалаш ва интеграциялашдаги  камчиликлар
Таълим кластерини яратиш, ҳамкорлик, ресурслар алмашиш ва инновацияларни рағбатлантиришга қаратилган сиёсат ва меъёрий-ҳуқуқий базанинг йўқлиги
Таълим сифатини таъминлаш механизмини ишлаб чиқилмаганлиги
Оммавий хабардорликни йўлга қўйилмаганлиги
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

            3.8-rasm. Ta’lim klasterini tashkil etishdagi muammolar
 
Ta’lim klasterini tashkil etishda manfaatdor tomonlar, jumladan, ta’lim muassasalari, siyosatchilar va keng jamoatchilik vakillari ta’lim klasterlari konsepsiyasidan yetarli darajada xabardor emasligi va tushunchalarning cheklanganligi ularni tashkil etishda ma’lum muammolarni keltirib chiqaradi, shu bois, ta’lim klasterlarining afzalliklari va maqsadlari haqida keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Boshqaruv samaradorligini ta’minlashda resurslarni oqilona taqsimlashning o‘rni katta.  Ta’lim klasterlarining muvaffaqiyatli tashkil etilishi va faoliyat yuritishi uchun resurslarni, jumladan, moliyalashtirish, jihozlar va malakali xodimlarni oqilona taqsimlash juda muhimdir. Boisi, resurs cheklovlari va raqobatdosh ustuvorliklar klaster uchun zarur jihatlarni ta’minlashda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.
Ta’lim klasterining maqsad va vazifalariga mos keladigan, yaxshi integratsiyalashgan o‘quv dasturini ishlab chiqish talab qilinadi. Bunda, turli fanlar o‘rtasida muvofiqlashtirishni, nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashni, shu bilan birga, bu dastur orqali  o‘quvchilarning ham turli ehtiyojlarini qondirish talab qilinadi.
Klaster tarkibidagi turli tashkilot va muassasalarda sifat standartlarini saqlash va bundagi izchillikni ta’minlash qiyin masala hisoblanadi. Klasterning ishonchliligi va samaradorligini saqlab qolish uchun sifatni oshirib borish, monitoring va baholash mexanizmlarini yaratish zarur bo‘ladi. Shu bilan birga, ta’lim klasterini yaratish hamkorlik, resurslar almashish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan siyosat va me’yoriy-huquqiy bazani yaratishni talab qiladi.
Avvalom bor, rejalashtirish va amalga oshirish jarayoniga asosiy manfaatdor tomonlarni, jumladan, ta’lim muassasalari, sanoat hamkorlari, davlat idoralari va jamoat tashkilotlarini jalb qilish, klasterning maqsad va vazifalariga jamoaviy sodiqlikni ta’minlash uchun ochiq muloqot, hamkorlik va umumiy qarorlar qabul qilishni ta’minlash lozim.
Таълим тизимида инновацион фаолиятни бошқариш
нинг кластер тизимини такомиллаштиришинг асосий йўллари
Манфаатдор томонларни жалб қилиш
Мослашувчан ўқув режасини ишлаб чиқиш
Касбий ривожланишни таъминлаш
Саноат корхоналари билан ҳамкорликни ривожлантириш
Тадқиқот ва инновацияларни рағбатлантириш
Кластер самарадорлигини баҳолаш ва доимий такомиллаштириш
Оммавий ахборот тизимидан кенг фойдаланиш ва тарғибот ишларини кенгайтириш
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

3.9-rasm. Ta’lim tizimida innovasion faoliyatni boshqarishning klaster tizimini takomillashtirishing asosiy yo‘llari
 
 Klaster tarkibidagi muassasalar o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish, ularning pedagogik mahoratini, fan bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish va sanoat bilan aloqalarini yaxshilash uchun treninglar, seminar va murabbiylik dasturlarini ilgari surish, pedagoglarning ilmiy-innovasion madaniyatini uzluksiz oshirib borish maqsadga muvofiqdir.
Talabalarga real tajriba, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etish uchun sanoatning manfaatdor tomonlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlashga qulay sharoit yaratib berish ta’lim tizimida innovasion faoliyatni boshqarishning klaster tizimini takomillashtirishing asosiy yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Ta’lim klasterlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida tadqiqot va innovatsiyalarni rag‘batlantirish, o‘qituvchilar va talabalarni klaster ehtiyojlariga javob beradigan va sohadagi bilimlarni oshirishga hissa qo‘shadigan ilmiy loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muammolarni tez va oson hal qilishga yordam beradigan muhitni yaratish katta ahamiyatga egadir.
Klasterining samaradorligi baholash uchun mustahkam baholash va monitoring tizimini joriy etish, talabalar, o‘qituvchilar, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalarini yig‘ish, takomillashtirilishi lozim bo‘lgan sohalarni aniqlash va klaster natijalarini yaxshilash uchun zarur tuzatishlar kiritishni samarali yo‘lga qo‘yish  kerak. Taʼlim klasterining davomiyligi va rivojlanib borishi uchun uning strategiyalarini belgilab beruvchi barqaror strategik rejasini ishlab chiqish, bunda moliyaviy, boshqaruv tuzilmalarini yaratish va doimiy takomillashtirish madaniyatini oshirish lozim.
Ommaviy axborot tizimidan keng foydalanish va targ‘ibot ishlarini kengaytirish orqali ta’lim klasterini keng jamoatchilikka, jumladan, talabalar, ota-onalar va ish beruvchilarga to‘g‘ri targ‘ib qilish, klaster bilan bog‘liq noyob imtiyozlar, imkoniyatlar va natijalarni ta’kidlash, veb-saytlar, ijtimoiy media va tadbirlar kabi turli aloqa kanallaridan unumli foydalanish kerak. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar ta’lim klasterini muvaffaqiyatli amalga oshirishga, klaster doirasida hamkorlik, innovatsiyalar va ta’limda mukammallikni rag‘batlantirishga xixmat qiladi, deb hisoblaymiz.