06.08.2025
21:54

3-bob bo‘yicha xulosa

1. Boshqaruvning mohiyati – ob’yektiv va sub’yektiv sharoitlarini qo‘yilgan maqsadga erishishga imkon beradigan nisbat va munosabatda bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Boshqaruv faoliyatidagi muvaffaqiyat esa, rahbarning ijrochilar mehnatiga bo‘lgan munosabatdan qanchalik manfaatdor ekanliklarini anglata bilishlik qobiliyatiga sezilarli darajada bog‘liqdir.
2. Oliy  ta’lim muassasalari uchun virtual o‘quv dasturlari va internetda mavjud boshqa resurslarni ko‘rsatish, talabalar uchun o‘qishni osonlashtiradi va o‘qituvchilar uchun esa o‘qitishni samaraliroq tashkil etadi. Qisqa video darslar, interaktiv darslar qo‘llanishga qulay fayllar kabi ko‘rinishlarda tashkil etilib,  talaba va o‘qituvchilar orasidagi aloqa va interaktivlikni oshirishni ta’minlaydi.
3. Interaktiv ta’lim va o‘qitish uchun yuqori sifatli videodarslar va labaratoriyalar, talabalar uchun  OnLine xizmatlar va platformalar, asbob-uskunalar kabi boshqa texnologik innovatsiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish imkonini yaratadi.
4. Mahalliy  va global IS birliklari yordamida, oliy ta’lim muassasalari talabalarga taqdim etilayotgan o‘quv dasturlarini o‘zaro almashish va qo‘llashga qulaylik ko‘rsatish mumkin. Mazkur birliklarni qo‘llash global oliy ta’lim muassasalarining o‘qitish usullarini  o‘zaro o‘rganish,  o‘zgartirish, o‘zaro sharhlash kabi masalalarni hal qilish imkoniyatlarini oshiradi.
5. Oliy  ta’lim muassasalari uchun o‘quv jarayonining sifatini baholashga yordam beradigan ko‘plab monitoring va baholash vositalari mavjud. Bunday vositalar talabalarning o‘qish va berilgan bilimlarni o‘zlashtirish darajasi kabi ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Oliy ta’lim muassasalarining innovasion faoliyatini rivojlantirish uchun bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda ularni yanada rivojlantirish kerak.
6. Rivojlantirish konsepsiyasining amaliyotga tadbiq qilinishi bilan birga, joriy holatning monitoring qilinishi va innovasion faoliyatning rivojlanishini tahlil qilish muhim ahamiyatga. Innovasion faoliyatni rivojlantirish uchun albatta, joriy holatni monitoring qilish kerak, bu esa innovasion faoliyatning muvaffaqiyati uchun zarurdir.