06.08.2025
21:54

Xulosa

1. Ta’lim tizimi jarayonida zamonaviy innovatsiyalarni qo‘llash usullarining asosi bu – o‘qitishning  yangi metodlarini qo‘llash, o‘quv jarayonini intensifikatsiyalash sharoitida tahsil oluvchilar faoliyatini shakllantirish, zamonaviy texnikaviy axborot vositalari va mashg‘ulot tuzilmasini tashkillashtirish va rejalashtirishda o‘qituvchilarni hamda tahsil oluvchilarning psixologik xususiyatlarini bilishini taqozo etadi.
2. Muammoli o‘qitish jarayonida tahsil oluvchilarning o‘zlashtiradigan ijodiy malakalari muammoni mustaqil ifodalash, farazni ilgari surish va tekshirish yo‘lini izlash, yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, olingan natijalarni amaliy qo‘llash mumkinligini asoslash va muammoni yechishda shaxsiy, ijodiy va amaliy ishtirok etish me’yorini aniqlash, hamda innovasion ta’limni joriy etish orqali bilim sifatiga erishiladi.
3. Fan-texnika taraqqiyoti davrida nafaqat intizomli ijrochilar, balki ijodkorlar ko‘proq talab etiladi. Shu boisdan ham, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda oliy ta’limni rivojlantirishning umumiy ta’lim davri davomiyligining ortishi, uzluksiz ta’limning  butun umr davomida zarurligi, ta’limni individuallashtirish kabi zamonaviy tendensiyalarini hisobga olish  Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari innovasion faoliyatini boshqarishda muhim o‘rin tutadi.
4. Oliy ta’lim tizimida innovasion faoliyatni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishni tahlil va baholash, maqsad va vazifalarni belgilash, resurslarni rejalashtirish, ish stili va usullarini ishlab chiqish, amaliyot va monitoring qilish kabi asosiy bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
6. Oliy ta’lim muassasalarining innovasion faoliyatini rivojlantirish  ichki imkoniyatlariga  virtual o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, interaktiv o‘qitish,  texnologik innovatsiyalarni qo‘llashni, mahalliy va global IS birliklarini qo‘llash, o‘quv jarayonining sifatini baholashni kiritish mumkin.
7.Talabalar uchun yanada qiziqtiradigan va murakkab ta’lim materiallarini ishlab chiqish, Online  o‘quv imkoniyatlarini rivojlantirish va o‘qitishni talabalar uchun ko‘proq qiziqarli qilish, jumladan, interaktiv darsliklar, amaliy mashg‘ulotlar, vebinarlar, o‘quv jarayonini yaxshilashni ta’minlash uchun boshqa innovasion usullarini qo‘llash kerak, deb hisoblaymiz.
8. Ta’lim klasteri - bu tarmoqlar va sanoat korxonalari bilan sheriklik bilan birlashtirilgan o‘zaro bog‘liq ta’lim muassasalari majmuasi, shuningdek, zanjir ichidagi gorizontal bog‘lanishlarga asoslangan ilmiy-texnologiya-biznes innovasion zanjirida o‘qitish, o‘zaro o‘rganish va o‘z-o‘zini o‘rganish vositalari tizimidir.
9. Klasterli ta’lim tizimlari hamkorlikni rag‘batlantirish, resurslarni optimallashtirish hamda talabalar va o‘qituvchilar uchun kengaytirilgan ta’lim imkoniyatlarini rag‘batlantirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
10. OTMning innovasion faoliyati samaradorligi iqtisodiy samaradorlik,  ijtimoiy – iqtisodiy  samaradorlik, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash, shuningdek mamlakat ilmiy salohiyatining obro‘si ortishi bilan tavsiflanishi mumkin.
11. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligiga Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanish va uning ilmiy-texnik asoslarining takomillashish darajasi, Ilmiy-tadqiqot jarayonlariga oid meyoriy-huquqiy jujjatlar qabul qilinishi, Ilmiy-natijalarni amaliyotga joriy etish holatlari, Ilmiy-texnik taraqqiyot tendensiyalariga muvofiq bo‘lishi kabi asosiy omillar ta’sir qiladi.
12. Oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayoniga transferiga Oliy o‘quv yurtlarining innovasion salohiyati, Oliy o‘quv yurtlari joylashgan hududlarning iqtisodiy salohiyati, Oliy o‘quv yurtining ta’lim yo‘nalishlari omillari ta’sir ko‘rsatadi.
13. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot va pedagogik  natijalari yaratilishi va ularni amaliyotga joriy etish jarayonini yanada takomillashtirishda asosiy e’tiborni kadrlar tayyorlash bilan birgalikda, mavjud ilmiy potensialni rivojlantirish, ulardan samarali foydalangan holda ilmiy-tadqiqot natijalarini yaratish va amaliyotga joriy etishga qaratish lozim.
14. OTM faoliyatini ISO 21001-2018 standartlari asosida tashkil etishda ularning qay darajada samarali ekanligini baholashda faoliyatni doimiy ravishda nazorat qilish va baholash, ichki auditni amalga oshirish, boshqaruv faoliyati natijalarini tekshirish, tahlil qilish va umumlashtirish, nomuvofiqliklarni to‘g‘rilash asosida faoliyatni doimiy yaxshilab borish kerak.