OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INNOVASION FAOLIYATNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Tadqiqotning dolzapbligi va zaruriyati
Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni samarali boshqarish orqali tadqiqot va ishlanmalarning amaliyot bilan uzviy integratsiyasi ta’minlanib, startaplar, texnoparklar va innovasion klasterlarning rivojlanishiga zamin yaratiladi.
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyatini oshirish hamda bilimga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish strategik maqsadlari bilan uyg‘un holda shakllantirilgan.
Tadqiqotning vazifalari:
Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni boshqarishdagi ilmiy yondoshuvlarni tadqiq etish;
Oliy ta’lim tizimida sifatni ta’minlashda nnovasion texnologiyalarni qo‘llash xususiyatlarini asoslash;
OTMlarda innovasion faoliyatni boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribalarining ijobiy tomonlarini o‘rganish;
oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda raqamli texnologiyalarni qo‘llash holatini tahlil qilish;
oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilarni rag‘batlantirishda KPI tizimini qo‘llash;
ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tijoratlashtirishni tadqiq etish;
mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni boshqarishning konseptual modelini ishlab chiqish;
ta’lim tizimida innovasion faoliyatni boshqarishning klaster tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni baholash mezonlari va ta’lim standartlarini qo‘llash istiqbollarini asoslash.
Tadqiqotning predmeti
oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni boshqarish bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari.
Tadqiqot jarayonida rasmiy-mantiqiy, operatsiyalarni tadqiq etish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil, tizimli va qiyosiy tahlil, statistik guruhlash, taqqoslash, tasniflash usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
innovasion, fundamental va amaliy loyihalarni yaratishga yo‘naltirilgan uslubiy yondashuvlar asosida zamonaviy ilmiy-amaliy laboratoriyalar va raqamli dasturiy ta’minotlar bazasini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish hamda ta’lim va tadqiqot integratsiyasini amalda ta’minlash natijasida OTMlarda fan va ta’lim sifati ko‘rsatkichini oshirish chegarasi (ChFTK = 20 - 25%) asoslangan;
innovasion faoliyatni boshqarish tizimini takomillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyatini samarali baholash va ularni rag‘batlantirishning KPI (Key Performance Indicators) tizimidagi ilm-fanga qo‘shgan hissasini patent va tijoratlashgan loyihalar ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholashga ustuvorlik berish orqali pedagogik faoliyat samaradorligini o‘rtacha 18% ga oshirish asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi fundamental, amaliy va innovasion loyihalar natijalarini iqtisodiy foyda keltiradigan shaklga keltirish vositasi sifatida Spin-off korxonalarning samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan muayyan mezonlar (tijoratlashgan mahsulotlar ulushi (25≤TMU≤37), tashqi investorlar ishtirok darajasi (18≤TI≤27) va bozorga chiqarilgan texnologik yechimlar soni (21≤TE≤32)) o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida innovasion-transformator-tadbirkor modeli ishlab chiqish va bu modelni joriy etish natijasida oliy ta’lim muassasalarida xususiy investisiyalarni jalb qilishning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: