06.08.2025
21:48

2.2. Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilarni rag‘batlantirishda KPI tizimini qo‘llash

Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni boshqarishda professor-o‘qituvchilar – boshqaruvning  bosh subektidir. Boshqaruv samaradorligi professor - o‘qituvchilarning qobiliyati, ularning jismoniy va bilim imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu imkoniyatlar bilan birga mehnat sharoiti, hamda ishlashga tayyorgarlik ham samaradorlikni ta’minlaydi. Ishlashga tayyorlik esa shaxsning ishga qiziqishi va undan qanoatlanishi, ehtiyojlari, mehnat natijalariga muvofiq rag‘batlantirilishi bilan belgilanadi. Ishga qiziqishni tahlil etishda qiziqtirish omillari - ehtiyoj, qiziqish motivlari va rag‘batiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.
Professor o‘qituvchilarning ishga qiziqishini tegishli rag‘batlantirish usuli orqali o‘zgartirish mumkin. Rahbarlar uchun bu rag‘batlantirishlar bir xil shaklda emas, balki xodimlarning shaxsiy ehtiyojlariga muvofiq ishlatilishi kerak, degan ma’noni anglatadi. Mehnatni rag‘batlantirish - oldindan belgilab qo‘yilgan natijalarga erishish imkonini beradigan jo‘shqin mehnat faoliyati xodimning muhim ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, unda mehnatga qiziqishni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Mehnatga qiziqtirish va rag‘batlantirish tizimi muayyan asos — mehnat faoliyatining me’yoriy darajasiga tayanishi kerak. Xodimning mehnat munosabatlariga jalb etilishining o‘zi uning oldindan kelishilgan, muayyan ish haqi hisobiga muayyan vazifalarni bajarishini nazarda tutadi. Professor- o‘qituvchilarni ishga qiziqtirishga rag‘batlantirishning ayrim uslublari orqali ham, bu uslublarni birgalikda qo‘llash orqali ham erishish mumkin.
  Fikrimizcha, rag‘batlantirishning quyidagi uchta turini amalga oshirish lozim:
Birinchidan, ma’naviy rag‘batlantirish, xususan rahbar xodimni tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabriklash (jamoa a’zolari davrasida iliq maqtovlar va sovg‘alar bilan); yuqori natijalarga erishayotgan xodimlar suratlarini “Hurmat taxtasi”sida aks ettirish; o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlarda faol va boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan eng yaxshi xodimlar to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi sayti orqali professor-o‘qituvchilarni (reytingi ko‘rinishda) namoyish etib borish; ta’lim muassasasida ko‘p yillardan beri yuksak darajada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun  “Ta’lim muassasasi fahri” taxtasini joriy etish; ta’lim muassasasiga yangi ishga kelgan xodimlarga har jabhada yordam ko‘rsatish; barcha turdagi yig‘ilishlarda faollarni e’tirof etish; rahbar strategik qarorlarni qabul qilishdan avval xodimlardan so‘rovnoma orqali yoki ular bilan kengashgan holda qaror qabul qilishni takomillashtirish zarur(2.4-rasm). .
2.4-rasm. Rag‘batlantirishning asosiy turlari [1]
 
Ikkinchidan, mehnat qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni  samarali va arzon ovqatlanishni tashkillashtirish; sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash; ishlash sharoitini yaxshilash (xonalarni sovutish, isitish va yoritish moslamalari bilan jihozlash hamda shovqindan himoyalash); o‘z vaqtida malaka oshirishlarini tashkillashtirish; bayram kunlarida ko‘ngilli konsert dasturlari va bayram dasturxonlarini yozish; teatr va muzeylarga jamoadoshlar birgalikda tashrifini tashkillashtirish  va boshqa motivatsiya shakllaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, ijtimoiy–iqtisodiy rag‘batlantirish – moddiy  yordam berish (nikoh yoki yaqin qarindoshlarining to‘ylari munosabati bilan, og‘ir kasallik bilan og‘riganda yoki yaqin qarindoshlari vafot etganda); oylik maoshlariga qo‘shimcha (ustama)lar belgilash (oliy ta’lim muassasasida olib borayotgan faoliyati nuqtai nazaridan);  moddiy rag‘batlantirish (bayram kunlari munosabati bilan, faoliyat turi bo‘yicha erishgan yutuqlari asosida) tadbirlarini tashkillashtirishga e’tiborni kuchaytirish ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.  
Zamonaviy sharoitda innovasion faoliyatni rag‘batlantirish va uni ta’minlash o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, juda murakkab jarayon bo‘lib, unda sub’yektlarning asosiy maqsadlari, manfaatlari, shuningdek, innovasion jarayonning tarkibiy qismlarining qarama-qarshiliklari ham mavjud. Bizning fikrimizcha, intellektual faoliyatning yaxshilanishiga erishish va shu bilan birga, uning ishtirokchilari sonini kengaytirish muhim masala bo‘lib hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda, nostandart qarorlar qabul qilish, ijodkorlik muhitini rivojlantirish va olingan natijalarni nazorat qilish lozim bo‘ladi. Biz bilamizki, bozor sharoitida innovasion faoliyatning o‘zi yakuniy natija emas, uning tijorat natijasi muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish va ularni tijoratlashtirishning asosiy sharti – qulay  innovasion muhitni yaratish va iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish hisoblanadi. Bu xususiyatlar innovatsiyalarni rag‘batlantirishning ahamiyatini oshirishga va uning tizimini yangi bilimlarga ega bo‘lgan va ularni yaratadigan alohida xodimlarning ham, birinchi navbatda iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektoridagi tashkilotlarning innovasion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida o‘zgartirish zarurligini bildiradi.
O‘qish motivatsiyasi, umumiy kategoriya sanalgan motivatsiyaning shunday turiki, bunda “shaxs belgilangan o‘quv faoliyatini asosan o‘quv jarayoni samaradorligini oshira olishini ko‘zda tutgan holda, uni amalga oshirishga tayyor bo‘ladi”[2]. Harakat nazariyasiga asoslangan bu ta’rif, o‘rganuvchi shaxsning faol ravishda o‘z vakolatlarini kengaytirishga intilishini ifodalaydi. O‘qish motivatsiyasi “ma’lum manba yoki ko‘nikmalarni o‘rganishga bo‘lgan hohish yoki niyat”ni o‘z ichiga oladi. Motivatsiya atamasi izohining ikkala shaklida ham o‘qish samaradorligini oshirish yoki vakolatlarni kengaytirish qanday maqsadga yo‘naltirilishi lozimligi ifodalanmagan. Ya’ni, o‘quv faoliyati yo o‘qishning o‘zini hohlash tufayli, yo undan erishiladigan natijani ko‘zlab, amalga oshirilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, o‘qish motivatsiyasining quyidagi bir necha shakllariga ajratishimiz mumkin:
Yutuqlar motivatsiyasi bu- “ma’lum ko‘rsatkichlarni majburiy deb bilib, amalga oshirilishi muvaffaqiyatga yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin bo‘lgan, o‘z harakatchanligini barcha sohalarda o‘stirish” ga bo‘lgan intilish tushuniladi. Bunda majburiy hisoblangan ko‘rsatkichlarga qaratilgan yuqori e’tibor tufayli, o‘rganilayotgan material ikkinchi darajaga tushib qoladi. Misol uchun, biror bir kitobni o‘qib chiqishni ma’lum muddat ichida bajarishni rejalashtirib, kitob sahifalari yoki mavzularini  kunlar bo‘yicha taqsimlab olgan shaxsni olaylik. U har kuni belgilangan miqdordagi sahifani o‘qishga intiladi, buning oqibatida esa kitobning mazmuni ikkinchi darajaga tushib qoladi.
Yutuqlar motivatsiyasi yutuqlar motiviga asoslangan aktual holatdir. Yutuqlar motivining ifodalanishi ikki tarkibiy qismda belgilanadi: yutuqdan umid qilish va muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish.
Muvaffaqiyatsizlikdan ko‘ra muvaffaqiyatning kutilishini ko‘proq maqsad qilgan kishilar yutuqqa ishonuvchilar tarkibiga kirsa, aks holatdagilari yutqazishdan qo‘rquvchilar safiga kiritiladi .
O‘qish motivatsiyasining yana bir ko‘rinishida faoliyatning maqsadi olib borilayotgan faoliyatdan butunlay tashqarida chiqib qoladi. Buning uchun ham bu ko‘rinishni ekstrizing (tashqi) motivatsiya deb ataladi. Mazkur tushuncha bilan “biror bir o‘quv faoliyatini u orqali ijobiy oqibatlar kelib chiqishi yoki salbiy oqibatlar bartaraf qilinishi tufayli amalga oshirish”ga bo‘lgan hohish yoki niyat ifodalanadi.
Ekstrizing(tashqi)  motivatsiya instrumental xarakterga ega, ya’ni maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Faoliyatning o‘zi umuman quvonch olib kelmaydi, quvonch olib kelsada, uning oqibati kabi sermahsul bo‘lmaydi. Faoliyatning oqibati esa intilishga arziydigan darajada baholanadi. Ekstrizing motivatsiyaga an’anaviy misol sifatida ota-onasi tomonidan  yaxshi baho uchun rag‘batlantiriladigan o‘quvchining o‘zi sevmagan fanidan yaxshi baho olishga intilib, o‘qishini ko‘rsatish mumkin. Baholar huddi maqtov va jazolashlar kabi ekstrizing motivatsiyalovchilar hisoblanadi.
“Faoliyatning o‘zi qiziqarli, o‘ziga tortuvchi ekanligi yoki qandaydir qoniqish hosil qila olgandek, tuyulganligi tufayli ma’lum bir o‘qish faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan hohish yoki niyat” deya izoh berilgani tufayli intrizing (ichki) motivatsiya ancha vaqt davomida ekstrizing motivatsiyaning aksi sifatida o‘rganib kelinadi. Shunday qilib, intrizing  motivatsiyalashgan faoliyatda quvonch hissi tuyuladi, o‘z-o‘ziga ishonch hissi ortadi, topqirlik sifati rivojlanadi. Faoliyat uning oqibatida yuz beradigan natijani ko‘zlab emas, balki uning o‘ziga bo‘lgan hohish tufayli amalga oshiriladi. Ekstrizing motivatsiyada esa nisbatan yuzaki bo‘lgan strategiyalardan foydalaniladigan bir paytda, intrizing motivatsiya uchun ancha chuqurroq o‘ylanishi kerak bo‘lgan o‘qish strategiyasidan foydalanish zarur bo‘ladi[3]. Aynan shuning uchun ham, intrizing motivatsiya o‘quv jarayoni uchun favqulodda muhim va maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Intrizing  motivatsiya faoliyatga yo‘naltirilgan va narsa-buyumga asoslangan shakllarga bo‘linsa-da, pedagogik kontekstda narsa-buyumga yo‘naltirilgan shakli ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
Voqealar ko‘pincha ham ekstrizing ham intrizing motivatsiyalashgan bo‘ladi. Eng muhimi, o‘quv faoliyati samaradorligi ekstrizing va intrizing komponentlarning bir-biri bilan qanday munosabatda turganligi bilan belgilanadi. Ekstrizing va intrizing motivatsiyalar konsepsiyasiga ilmiy adabiyotlarda juda ko‘plab qarashlar berilgan .
“Qiziqish – individ uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxs-predmet munosabatlarini anglatadi”. U doimo aynan, ma’lum bir predmet yoki predmet sohasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Agar shu predmet shaxs uchun o‘ta yuqori qimmatga ega bo‘lsa, qiziqishning qiymatga bog‘liq valentligi haqida, u bilan amalga oshiriladigan o‘quv jarayoni ijobiy hislarga to‘la holda kechsa, hissiyotga bog‘liq valentligi haqida, predmet bilan mashg‘ul bo‘lish tashqi ta’sirlarsiz amalga oshsa, intrizing komponentlar haqida fikr yuritish mumkin. Qiziqishlar nisbatan uzoq vaqt davom etadi hamda ularga o‘quv yurtidagi yutuqlarga bog‘liq holda erishiladi. An’anaviy bo‘lib qolgan eski turdagi dars uslublaridan voz kechish, o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishning ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Zamonaviy ta’lim tizimida innovasion faoliyatni rag‘batlantirish bir qator vazifalarni amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi (2.5 - rasm) .
Shunday qilib, inson qiziquvchanligi ikkita tashkiliy qismdan iborat bo‘ladi. Xususan, ular bir tomondan, yangilik yoki yangi narsaga tortilish, ikkinchi tomondan, qochishga intilish. Agar ikkala qism bir-biri bilan tenglashtirilib, o‘rtacha darajadagi yangilik berilsa, yangilik yoki yangi narsa bilan kuchli shug‘ullanishga olib keluvchi qiziquvchanlik kelib chiqadi. Biror vaziyatda yangilik kamroq bo‘lsa, inson u bilan kuchli va toqatli munosabatda bo‘lmaydi. Yoki, aksincha, biror vaziyatda yangilikning haddan ziyod ko‘pligi kishida qochishga intilish komponentining ko‘payishiga olib keladi va bu vaziyatdan u ortga chekinadi.
Zamonaviy sharoitida raqamlashtirish va ilg‘or innovasion texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga olib tushish shakllanayotgan ta’lim boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuboisdan ham, ta’lim muassasasi faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu jumladan mehnat munosabatlari va ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Hozirgi vaqtda kadrlarning noto‘g‘ri tanlanishi o‘z navbatida, tashkilotlar uchun ko‘p yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Tashkilot rahbari yoki bevosita kadrlar  bilan ishlovchi mutaxassisning kadrlarni tanlashda e’tiborga olishi muhim bo‘lgan jihat - xodimning avval nima qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. Shu ma’noda, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, boshqarish va salohiyatidan unumli foydalanish jarayonida jahonning turli tashkilotlarida ko‘llab kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib, ulardan milliy iqtisodiyotimizda foydalanish yo‘nalishlarini o‘rganish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Ma’lumki, raqobat rivojlanib borayotgan hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali foydalanish ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shu boisdan ham, muassasa  va xodimlar faoliyati samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu borada xalqaro tajribada xodimlar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari KPI Key  Performanse Indicators – Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali baholanib kelinadi.
Bu jarayonning boshqa tizimlardan afzalligi shundaki, muassasaning barcha xodimlari mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatining samaradorligini ko‘tarish maqsadida, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, moddiy rag‘batlantirish, muassasa faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi belgilangan.
Samaradorlik  ko‘rsatkichi tizimi KPI ning vazifasi ya’ni, muassasa faoliyati natijalarini baholash, strategik vazifalarning aniqligini ta’minlash, asosiy e’tiborni muhim jarayonlar va jiddiy ko‘rsatkichlarga qaratish, faoliyatdagi ko‘rsatkichlarning yaxshilanayotgani yoki yomonlashayotgani haqida xabardor qilish, diqqat- e’tiborni talab qiluvchi jiddiy omillarni bir xillashtirishdan iborat. KPI tizimining asosiy ijobiy tomoni – bu barcha xodimlar uchun shaffof bo‘lgan mehnatni va umuman korxona ishini baholash mexanizmining mavjudligidir.
KPI tizimini amalga oshirishda asosiy vazifa - xodimlarning unga nisbatan salbiy munosabatini oldini olishdir. Shu sababli, rahbariyat har bir bo‘ysunuvchiga yangiliklarning ma’nosi va amaliy afzalliklarini aniq yetkazishi kerak, ularning ishi samaradorligi uchun baholanishi va rag‘batlanishi haqida tushuncha berishi lozim. Bu yerda eng yaxshi texnika mutaxassislarga aniq faoliyat bo‘yicha alohida vazifa yuklatilganini tushuntirishdir.
2017-2023 yillarda Respublikamizda halqimizni  oliy ta’lim bilan qamrovi darajasini oshirish maqsadida yangi 84 ta oliy ta’lim muassasalari, jumladan 52 ta mahalliy , 10 ta nodavlat va 22 ta xorijiy OTMlarining filiallari tashkil etildi va ularning soni jami 156 taga yetdi. Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2017 yil 9,1%ni  tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023 yilga kelib, 51,2%ga yetdi (2.1-jadval).
 
2.1-jadval
2017-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi dinamikasi[2]
t/r
Ko‘rsatkichlar
2017y.
2018y.
2019y.
2020y.
2021y.
2022y.
2023y.
 
1
 
 
olish darajasi, %
9,1
 
 
15
 
 
20
 
 
25
 
 
28,8
 
 
35,5
 
 
51,2
 
O‘sish sur’atlari,%
100,0
164,8
133,3
125,0
115,2
123,3
144,2
 
2023 yil bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2022 yilga nisbatan 144,2%ni tashkil etdi, 2017 yilga nisbatan esa 5,6 marta ortdi. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlardagiga  nisbatan ancha past, jumladan Turkiyada 92,3%, Shveysariyada 86,9%, Daniyada 85,4%, Rossiyada 84,2%, Yaponiyada 81,1%ni tashkil etadi.
Respublikamizda innovatsiyalarni joriy etish borasida ham OTMlarning salmog‘i yildan yilga ortib bormoqda (2.2-jadval).
                                                                                                2.2-jadval
Faoliyat sohalari bo‘yicha tashkilot va muassasalar tomonidan bajarilgan ilmiy-tadqiqot  va tajriba konstruktorlik ishlari hajmi[3]
t/
r
Faoliyat sohalari
bo‘yicha tash-kilotlar nomi
O‘lchov bir-ligi
 
2018y.
2019y.
2020y.
2021y.
2022y.
2023y.
1
Mln.
so‘m
314694,7
380808,7
395841,0
493543,4
  %
27,3
36,9
38,4
37,0
40,3
41,5
Mln.
so‘m
74036,0
106722,2
126470,7
184509,9
210727,3
245844,3
%
10,9
12,5
12,7
17,2
17,2
18,1
3.
Mln.
so‘m
414527,9
429183,7
480005,0
479907,4
512646,0
537341,9
%
61
50,3
48,4
44,9
41,8
39,6
4
notijorat tashkilotlar
Mln.
so‘m
6070,2
2803,7
4744,7
9418,2
8755,5
9954,0
%
0,9
0,3
0,5
0,9
0,7
0,7
 
Jami faoliyat sohalari bo‘yicha
Mln.
so‘m
680038,0
853404,4
992029,1
1069676,5
1225672
1356426
%
100
100
100
100
100
100
 
2.2-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-2023  yillarda davlat tashkiloti va muassasalari hamda Oliy ta’lim muassasalarida bajarilgan ilmiy-tadqiqot  va tajriba konstruktorlik ishlari hajmining o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda xususiy notijorat tashkilotlarda esa ITTK ishlarining hajmi oshib borayotgan bo‘lsada, ularning Respublikamizda jami faoliyat sohalari bo‘yicha bajarilgan ITTK ishlarining hajmiga nisbatan salmog‘i pasayib borayapti.
 2018 yil davlat tashkiloti va muassasalarida 185403,9 mln.so‘mlik ITTK ishlari bajarilgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 563285,9 mln.so‘mga yetdi, xususan ITTK ishlarini bajarishdagi salmog‘i 27,3%dan 41,5 %ga  ortdi.Tahlil qilinayotgan davrda  Oliy ta’lim muassasalarida ITTK ishlarining hajmi 74036,0 mln.so‘mdan 245844,3 mln.so‘mga yetkazildi, ya’ni 171808,3 mln.so‘mga yoki 3,3 marta ortdi. 2018  ITTK ishlarini bajarishdagi salmog‘i 10,9 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 18,1% yetdi, o‘sish sur’atlari esa 166,1% ekanini ko‘rishimiz mumkin.
Fikrimizcha, Oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ITTK ishlarining hajmi hamda ularni joriy etish samaradorligini oshirishda professor o‘qituvchilarni rag‘batlantirish,  KPI tizimini qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga KPI tizimini joriy etish, innovasion faoliyat samaradorligini oshirish hamda ITTK ishlarini rag‘batlantirish tizimini tadqiq etish maqsadida Toshkent Moliya instituti, Farg‘ona politexnika instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  instituti professor o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida Onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada jami 960 kishi Onlayn ishtirok etishdi.
Oliy ta’lim muassasalarida professor o‘qituvchilari innovasion faolligini rag‘batlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilab olindi, mazkur ko‘rsatkichlar asosida so‘rovnoma ishlab chiqildi. Rag‘batlantirish turlarining tavsiflari so‘rovnoma savollarini 3 ta katta guruhga bo‘lishga asoslangan bo‘lib, ularning har biri rag‘batlantirishning ma’lum bir yo‘nalishi haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Birinchi guruh savollari  moddiy ehtiyojlarni qondirilish darajasini aks ettiradi, hamda moddiy rag‘batlantirish shakllarida namoyon bo‘ladi. Ushbu guruh savollari va "Ha" va "Yo‘q" javoblarining nisbati 2.3-jadvalda keltirilgan.
                                                                                                 2.3-jadval
t/r
Savollar
Ha
Yo‘q
1.
O‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlarda faol va boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan eng yaxshi xodimlar to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi sayti orqali professor-o‘qituvchilarni  namoyish etib borish
54
128
2.
Yuqori natijalarga erishayotgan xodimlar suratlarini “Hurmat taxtasi”sida aks ettirish
50
90
3.
Rahbar tomonidan xodimni tug‘ilgan kuni munosabati bilan jamoa a’zolari davrasida iliq maqtovlar va sovg‘alar bilan tabriklash
112
46
4.
62
104
Ta’lim muassasasida ko‘p yillardan beri yuksak darajada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun  “Ta’lim muassasasi fahri” taxtasini joriy etish
100
84
76
54
 
Jami
454
506
 
Toshkent Moliya instituti hamda Farg‘ona politexnika instituti professor o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ma’naviy rag‘batlantirish borasida amalga oshirilishi kerak bo‘lan vazifalarni belgilab olishga imkon beradi.

 2.3-rasm. Ma’naviy ehtiyojlarni qondirish darajasi
Tadqiqotlar jamoada rahbar tomonidan xodimni tug‘ilgan kuni munosabati bilan jamoa a’zolari davrasida iliq maqtovlar va sovg‘alar bilan tabriklash, ta’lim muassasasida ko‘p yillardan beri yuksak darajada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun  “Ta’lim muassasasi fahri” taxtasini joriy etish hamda ta’lim muassasasiga yangi ishga kelgan xodimlarga har jabhada yordam ko‘rsatish borasida ishlarning  yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatadi.  Shu bilan birga, o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlarda faol va boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan eng yaxshi xodimlar to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi sayti orqali professor-o‘qituvchilarni  namoyish etib borish, yuqori natijalarga erishayotgan xodimlar suratlarini “Hurmat taxtasi”sida aks ettirish, hamda o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan demokratik boshqaruv uslubini kengroq qo‘llash, ko‘proq ijodiy mustaqillik berish oliy ta’lim muassasida ishchilarning innovasion faolligini oshirishga imkon beradi.
 
 
 
2.4-jadval
t/r
Savollar
Ha
Yo‘q
1.
Ishlash sharoitini yaxshilash (xonalarni sovutish, isitish va yoritish moslamalari bilan jihozlash hamda shovqindan himoyalash)
82
68
Qulay va arzon ovqatlanishni tashkillashtirish
50
100
3.
Sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash
32
88
O‘z vaqtida malaka oshirishlarini tashkillashtirish
82
68
5.
Bayram kunlarida ko‘ngilli konsert dasturlari va bayram dasturxonlarini yozish
39
36
6.
Tyeatr va muzeylarga jamoadoshlar birgalikda tashrifini tashkillashtirish 
50
40
7.
Universitet tomonidan rivojlangan xorij OTMlarida malaka oshirishni tashkillashtirish
52
112
8.
90
60
 
Jami
468
492
 
Ikkinchidan, oliy ta’lim muassasida innovasion faoliyatni rag‘batlantirishga professor o‘qituvchilarning hamda talabalarning mehnat qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi(2.4-jadval).
2.4-jadval ma’lumotlaridan  tadqiqot ob’yekti qilib qabul qilingan OTMlarida professor o‘qituvchilarning mehnat qobiliyatini saqlash va rivojlantirish borasida ishlash sharoitini yaxshilash, xususan xonalarni sovutish, isitish va yoritish moslamalari bilan jihozlash hamda shovqindan himoyalash, o‘z vaqtida malaka oshirishlarini tashkillashtirish, bayram kunlarida ko‘ngilli konsert dasturlari va bayram dasturxonlarini yozish, teatr va muzeylarga jamoadoshlarning birgalikdagi tashrifini tashkillashtirish hamda ilg‘or sanoat korxonalarida professor o‘qituvchilarning stajirovkasini tashkil etish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, OTMda qulay va arzon ovqatlanishni tashkillashtirish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, hamda  universitet tomonidan rivojlangan xorij OTMlarida malaka oshirishni tashkil  etish OTMlari professor o‘qituvchilarning mehnat qobiliyatini  rivojlantirish, ularning innovasion faolligini oshiradi, deb hisoblaymiz.
2.4-rasm. Mehnat qobiliyatini saqlash va rivojlantirish darajasi
Uchinchidan, ijtimoiy–iqtisodiy rag‘batlantirish omillari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi(2.5-jadval).
2.5-jadval
           Ijtimoiy–iqtisodiy rag‘batlantirish darajasi [1]
t/r
                                                 Savollar
HA
YO‘Q
1.
Oliy ta’lim muassasasida olib borilayotgan faoliyat nuqtai nazaridan oylik maoshlariga qo‘shimcha (ustama)lar belgilash
124
22
2.
Bayram kunlari munosabati bilan moddiy rag‘batlantirish
68
92
3.
Nikoh yoki yaqin qarindoshlarining to‘ylari munosabati bilan, og‘ir kasallik bilan og‘riganda yoki yaqin qarindoshlari vafot etganda moddiy  yordam berish
58
84
4.
Yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya chop etganligi uchun bir martalik to‘lov yoki mukofot beriladimi?
112
58
5.
Talabalarning mustaqil ishini bajarishi bilan bog‘liq  vazifalarda ortiqcha yuk bor
78
106
6.
Scopus yoki Web of Science bazalariga kiritilgan Q4 jurnallardagi ilmiy maqola uchun bir martalik to‘lov yoki mukofot beriladimi?
88
70
 
Jami
528
432
 
Ushbu guruh  savollarida "Yo‘q" javoblarining ustunligi bizga nikoh yoki yaqin qarindoshlarining to‘ylari munosabati bilan, og‘ir kasallik bilan og‘riganda yoki yaqin qarindoshlari vafot etganda moddiy  yordam berish, yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar uchun bir martalik to‘lov yoki mukofot berilishiga e’tibor qaratish zarurligi, hamda talabalarning mustaqil ishini bajarishi bilan bog‘liq  vazifalarda ortiqcha yuk borligi vauni  o‘quv yuklamasiga kiritish tavsiya etilishi haqida xulosaga olib keladi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasasida olib borilayotgan faoliyat nuqtai nazaridan oylik maoshlariga qo‘shimcha (ustama)lar belgilanishi, bayram kunlari munosabati bilan moddiy rag‘batlantirish, hamda Scopus yoki Web of Science bazalariga kiritilgan Q4 jurnallardagi ilmiy maqola uchun bir martalik to‘lov yoki mukofot berilishi OTM professor o‘qituvchilarining innovasion faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
     2.5-rasm. Ijtimoiy–iqtisodiy rag‘batlantirish darajasi
OTMlarida professor o‘qituvchilarning faoliyatini rag‘batlantirishda ularning mehnati samaradorligini baholash hamda ularni yanada yaxshiroq ishlashga undashda KPI tizimini joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.  Bunda biz, eng avvalo OTMning  rivojlanish strategiyasini  va biznes jarayonlarni tushunishimiz, uning rivojlanishidagi ustuvorliklarni aniqlab olishimiz, so‘ngra oldimizga qo‘yiladigan asosiy maqsad, ya’ni nima qilishimiz kerakligini belgilab olishimiz, faoliyat natijasini qanday o‘lchashimiz mumkinligi va ish rejasi qanday tuzilishi kerakligini ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi(2.6-rasm).
2.6-rasm. Oliy ta’lim muassasalari professori o‘qituvchilari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI ) [1]
 
KPI  ko‘rsatkichi orqali  Oliy  ta’lim muassasalari, kafedralar hamda har bir professor o‘qituvchi innovasion faoliyatining samaradorlik darajasini baholash mumkin.
Innovasion faoliyat samaradorligini – ITTK ishlarini moliyalashtirish hajmini tovar va xizmatlarni sotishdan olingan tushumga nisbati ko‘rinishida aniqlanadigan, ITTKIni moliyalashtirishning  innovasion faoliyat natijasida olingan daromaddagi salmog‘i (X1) ko‘rsatkichi, joriy yilda ishlab chiqarishga tadbiq etilgan ITTK ni moliyalashtirish hajmini,  ITTK ni moliyalashtirishning umumiy hajmiga nisbati ko‘rinishida aniqlanadigan salmoq ko‘rsatkichi (X2), hamda joriy yildagi mehnat unumdorligini o‘tgan davr ko‘rsatkichiga nisbati ko‘rinishida aniqlanadigan, ITTKga qilingan harajatlar hisobiga mehnat unumdorligi o‘sishi(X3)ning integral ko‘rsatkichi sifatida aniqlanishi mumkin[2].
X2 =Ishlab chiqarishga joriy etilgan ITTK ni moliyalashtirish *100% 
       ITTK ni moliyalashtirishning umumiy hajmi
 
X3 = Joriy yil uchun mehnat unumdorligi *100%
        O‘tgan yildagi mehnat unumdorligi
      
  X1 ni quyidagicha hisoblash tavsiya etiladi:
              Reja bo‘yicha ITTKIni moliyalashtirishning daromadga nisbati
       
Innovasion faoliyat samaradorligining integral ko‘rsatkichi = 0,2 × U(X1) + 0,2 × X2 + 0,6 × X3 .
Integral ko‘rsatkich foizlarda aniqlanadi, hamda 100%dan yuqori qiymat ham qabul qilishi mumkin. Integral ko‘rsatkichning 100% bo‘lishi innovasion rivojlanish rejaga muvofiq ekanligini, shu bilan birga, o‘tgan davrga nisatan joriy yilda mehnat unumdorligi o‘smaganligini, 100 %dan yuqori bo‘lishi esa innovasion rivojlanish o‘tgan davrga nisbatan yaxshilanganligini ko‘rsatadi.
Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyat samaradorligini oshirishda,  ITTK ni moliyalashtirishning o‘rni katta, shu boisdan ham, tadqiqot ishimizda ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tijoratlashtirish holatini  ham tahlil qilishni joiz, deb hisoblaymiz.


[1] ОТМлари фаолиятининг самарадорлик кўрсаткичларини(KPI )  умумлаштирилган ҳолда тузилган.

[1] Muallif tadqiqotlari  asosisda tuzilgan

[1] Muallif tadqiqotlari  asosisda tuzilgan

[1] Муаллиф мшланмаси
[2]Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги маълумотлар асосида муаллиф томонидан тузилган.
[3]Ўзбекистон республикаси статистика қўмитаси маълумотлар асосида муаллиф томонидан тузилган. 
[4] Muallif tadqiqotlari  asosisda tuzilgan

[1][1] Назарий манбаълар таҳлилига асосланиб, муаллиф томонидан тузилган.
[2] Rheinberg, F.; Krug, S.: Motivationsförderung im Schulalltag. Göttingen:   1999 S.30
 
[3] Ziegler,  A.: Motivation. IN:  Perleth,  C.;  Ziegler,  A. (Hrsg.): Pädagogische Psychologie. Grundlagen und Anwendungsfelder. Bern; Göttingen: Verlag Hans Huber 1999, S. 103-112.