2.3. Ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tijoratlashtirish
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, ilmiy-innovasion va
tijoratlashtirish mexanizmini takomillashtirish faoliyatini tashkil etish innovatsiyalar va tadqiqotlar natijalarining
tijoratlashtirilishini namoyon etadi. Ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, bozor
munosabatlarining tobora chuqurlasha borishi
bilan kuchli raqobatlashuv
sharoitlarida korxona va tashkilotlarning yashab qolishini
ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘lib, ilmiy asoslarda ishlab
chiqarish texnologik zanjirini shakllantirish hisoblanadi. Bu oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim, ilmiy-innovasion
va tijoratlashtirish faoliyatini
tashkil etish mexanizmini takomillashtirish
uchun katta imkoniyatlarni yaratib beradi[1].
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ilmiy
tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish masalasi bo‘yicha 2030 yilgacha
butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar
belgilab berilgan bo‘lib, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi,
oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalariga kirib borishi, ko‘p
tarmoqli o‘zaro harakatlar sohasida umumiy tarmoqning shakllantirilishi kabi
masalalarni qamrab oladi. Aynan, mana shu masalalarning ijobiy va o‘z vaqtida
hal etilishi mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari uchun nufuzli xalqaro ta’lim
reytinglariga yo‘l ochadi, tijoratlashtirish faoliyatining samarali tashkil
etilishiga sharoit yaratadi.
Xuddi tadbirkorlik sohasida bo‘lgani kabi mulkchilik
shakllarining o‘zgarishi oliy ta’lim muassasalarining rivojlanish davrida
tijoratlashtirish shart-sharoitlari bilan birga borishi zarur. Qayd etib o‘tish
kerakki, hozirgi kunda O‘zbekistonda 150 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari
mavjud bo‘lib, ularning deyarli yarmi Toshkent shahrida joylashgan. Oliy ta’lim
muassasalari sonining ortishi ular orasidagi raqobatning kuchayishiga, buning
natijasida esa, ta’lim sifatining bilvosita ortishiga olib kelishi kerak. Oliy
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasida raqobat kurashi shunchalik kuchayadiki,
natijada faqat oliy ta’lim sifatini ta’minlay oladigan oliy ta’lim
muassasalarigina bozorda yashab qola biladilar[2].
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, ilmiy-innovasion va
tijoratlashtirish faoliyatini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish
bo‘yicha xalqaro tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur modelga o‘tish
jarayonida quyidagi asosiy yo‘nalishlar shakllanadi:
OTMlar
innovasion rivojlanish jarayonining barcha ishtirokchilari – ta’lim oluvchilar,
ta’lim beruvchilar, tadqiqotchilar, rahbar xodimlar ongida ilmiy-tadqiqot
faoliyati natijalarini tijoratlashtirishning mohiyati va ahamiyati haqida
tushunchaning shakllanishi;
ilmiy-texnik
tadqiqotchilik faoliyati va uning natijalarini tijoratlashtirishni
faollashtirish motivatsiyasi tizimini yaratish, OTM larda tadbirkorlik
madaniyati va muhitini shakllantirish;
OTMda
innovasion jarayonlarni tashkil etish va ilmiy-tadqiqot natijalarini
tijoratlashtirishga urg‘u berish bilan ularni qo‘llab-quvvatlash;
OTMda
innovasion faoliyatni va ilmiy-tadqiqotlar natijalarining
tijoratlashtirilishini faollashtirish.
Bularning
barchasi mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, ilimiy-innovasion va tijoratlashtirish faoliyatini tashkil etish
mexanizmini takomillashtirishga, oliy ta’lim muassasalarida tijoratlashtirish
faoliyatining rivojlanishiga zamin hosil qiladi.
Bu
fikr-mulohazalar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, oliy
ta’lim muassasalarining ilmiy va innovasion va
tijoratlashtirish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat jamoasida barcha
rahbar va professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, har bir
ilmiy va innovasion jarayonni to‘g‘ri boshqarish har qanday oliy ta’lim
muassasasining muhim vazifalaridan biridir.
Shundan
kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi faoliyatida samarali innovasion va ilmiy
ishlarni amalga oshirish, ilmiy-texnik kadrlar zaxirasini yaratish,
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yo‘nalishlariga muvofiq, ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borish uchun ilmiy tashkilotlar va tadbirkorlik vakillari bilan
hamkorlik qilish masalalari hal etiladi. Bugungi kunda zarur bo‘lgan innovasion
ishlanma, tadqiqotchi – bo‘lajak olim o‘rinbosarlari bo‘lgan eng iqtidorli
talabalarni tanlab olish va ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash,
xalqaro miqyosdagi ilg‘or ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish maqsadida
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish darajasi
- bularning barchasi mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari uchun dolzarb va eng
muhim vazifalardir.
Oliy ta’lim muassasasida innovasion faoliyatni
tijoratlashtirishni tashkil etishda har bir universitetda boshqarish tizimining
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish o‘rinlidir. Bunda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
oliy o‘quv yurtlarida boshqaruv tizimini
shakllantirish jarayonida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan iqtisodiy
nazariyalarning mohiyatini tahlil qilish;
universitet boshqaruv tizimiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadigan global va milliy tendensiyalarni o‘rganish;
pandemiya davrida universitet boshqaruv
tizimida kuzatilgan asosiy muammolarni o‘rganish;
tahlil
natijalari asosida universitet boshqaruv tizimining iqtisodiy mohiyatini
oydinlashtirish.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishi ularning
tadbirkorlik universiteti shakliga o‘tib borishlari bilan bog‘lanib, bu mumtoz
universitet shaklidan farq qilgan holda, ta’lim berish, ilmiy-tadqiqotchilik va
tadbirkorlik faoliyatlarining birgalikda olib borilishini hamda mana shu yo‘l
bilan oliy ta’lim muassasalarining davlat byudjetiga bog‘lanib qolmagan holda,
mustaqil ravishda o‘zlarining qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lishlarini
ko‘zda tutadi. Bunday tipdagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarning
tayyorlanishi bir tomondan innovatorlar avlodini o‘qitib, ishlab chiqarishga
tayyorlashga, ikkinchi tomondan esa iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun
innovasion g‘oyalarni va mahsulotlarni yaratib, ishlab chiqarishga qaratiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantipish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida mamlakatimiz ilmiy-tadqiqotchilik va
innovasion-tadbirkorlik muhitini yaratish ko‘zda tutilgan, bu mamlaktimiz oliy
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish borasida belgilangan eng muhim
vazifalardan biri sifatida olib qaraladi. Jumladan, oliy ta’lim muassasalari
faoliyatini takomillashtirish borasida ilmiy-tadqiqotchilik, innovasion va
tadbirkorlik infratuzilmasini majmuaviy tarzda rivojlantirish, innovasion
mahsulotlarni yaratish ishlarini amalga oshiradigan va ularning bunday
intelelktual faoliyat natijalarini tijoratlashtiradigan oliy ta’lim muassasalarini
shakllantirish ham muhim masalalardan biri bo‘lib, hisoblanadi hamda ularni
amalga oshirish quyidagi bir qator chora-tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishini
ko‘zda tutadi:
oliy
ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlaridagi o‘quv-dasturiy hujjatlarga
innovasion, ixtirochilik va tadbirkorlik faoliyati masalalarining o‘zaro
bog‘langan holda, tizimli o‘rganilishi, biznes-muhitning shakllantirilishiga
qaratilgan hamda biznes-inkubatorlarda start-aplarning amalga oshirilishini,
amaliy va ilmiy-yo‘naltirilgan o‘qitish doirasida yuqori texnologiyali
loyihalarning jamoaviy bajarlishini rag‘batlantiradigan o‘zgarishlar hamda
qo‘shimchalar kiritish;
innovasion
infratuzilma (ilmiy-texnologik parklar, texnologiyalarni transfer qilish
markazlari), tarmoq laboratoriyalari, biznes-inkubatorlarni tashkil etish,
shuningdek, yakuniy bosqchida innovasion mahsulotning yoki intellektual
faoliyatning natijalari tijoratlashtirilishiga yordam beradigan
ilmiy-tadqiqotchilik, innovasion ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish.
Hozirda
yuqori tijorat salohiyatiga ega texnologiyalarga ustuvorlik berilishi,
innovasion texnologiyalarni nafaqat texnik xususiyatlar bo‘yicha, balki tijorat
ko‘rsatkichlari bo‘yicha, xususan, investisiya qilingan harajatlarni qoplash
muddatini hisobga olgan holda, samaradorlik darajasi bo‘yicha ham baholashni
talab qiladi. Shuningdek, tayyor mahsulotni, ya’ni ishlab chiqarilgan yangi
asbob-uskunalar yoki texnologiyalarni va ishlab chiqarish usullarini
lisenziyalash shaklida texnologik ma’lumotlarni ishlatish hamda sotish
imkoniyatlarini ko‘rib chiqish muhim bo‘lib, innovasion faoliyatni
rivojlantirish uchun zamonaviy talablarga javob beradigan innovasion
infratuzilmani yaratish lozim buladi.
Innovasion infratuzilma deganda, oliy ta’lim
muassasasining o‘zaro bog‘langan tuzilmalari va sub’yektlari jamlanmasi
tushunilib, bunda u innovasion jarayonlarni, shu jumladan, ilmiy va innovasion
faoliyat bo‘yicha tashabbuslarni boshlash, ularning shart-sharoitlari va
resurslarini izlab topish hamda bevosita ilmiy-innovasion jarayonlarning o‘zini
amalga oshirish, shakllantirilgan ilmiy-innovasion faoliyat natijalarining
tijoratlashtirilishi va uning natijalari transfer qilinishini ta’minlaydi.
Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘z innovasion
faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishida xorijdagi nufuzli ilmiy
markazlar, dunyo reytingida 1000 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalarida
orttirilgan tajribalar va mamlakatimiz oliygohlari faoliyatining tanqidiy
tahlillariga tayangan holda, ish ko‘rishlari kerak. Bunda,
oliy ta’lim muassasasisining faoliyat diversifikatsiyasini ta’minlashi,
moliyaviy barqarorlikka erishishi uchun tijoratlashtirishning turli ilg‘or
mexanizmlarini izlashi talab etiladi.
Halqaro oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyatiga investisiya kiritishning
keng tarqalgan ikkita mexanizmidan foydalaniladi:
spin-off korxonalarini ochish;
endaument fondlarni tashkil etish.
Spin-off
korxonalari (SK) oliy ta’lim muassasasidan
ajralmagan holda, uning qoshida oliygoh professor-o‘qituvchilari yoki
talabalari tomonidan tashkil etilgan, innovasion g‘oya va ishlanmalarni halq
ho‘jaligida joriy etuvchi ishlab chiqarish korxonalaridir. SK oliy ta’lim muassasasi ta’sischiligida
davlat- xususiy sherikchiligi (DXSH) shaklida tashkil etilib, yuridik
shaxs maqomiga ega bo‘ladi. SK ning ustav
jamg‘armasida OTM ning ulushi 50% va undan yuqori qilib belgilanadi(2.7-rasm).
SK ni tashkil etishdan asosiy
maqsad OTMning ilmiy izlanishlarini tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga
joriy etish hamda faoliyat natijasida olingan daromadini OTM moddiy texnika
bazasini rivojlantirishga yo‘naltirish hisoblanib, ta’lim, fan va ishlab chiqarish
integratsiyasini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Xususan, birgina
Massachusets texnologiya institutining atrofida 35 mingdan ortiq spin-off
kompaniyalar mavjud bo‘lib, yillik aylanmasi dunyoning 13ta davlati yalpi ichki
mahsuloti bilan teng. AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya,
Janubiy Koreya singari mamlakatlarning dunyo reytingida yetakchi bo‘lgan
OTMlari innovatsiyalar, ilmiy ishlanmalarni hayotga tatbiq etish orqali yillik
umumiy daromadining 25-30 foizini ishlab topadi, ushbu natijalarga erishish
uchun yillik daromadning 20 foizi yana qayta ilm-fanga yo‘naltiriladi,
infrastrukturani yaxshilashga sarflanadi.
|
ОТМ
|
|
Марказлар
|
|
Ҳиссадорлик асосидаги жамият
|
|
Унитар корхона
|
|
Спин-офф МЧЖ
|
|
Спин-офф УК
|
|
ОТМ
таркибида фаолият юритади ва бир вақтнинг ўзида бир нечта спин-офф
корхоналарини ўзида бирлаштиради.Кафедранинг ўқув-илмий лаборатория базасига киради. Корхона ташкилотлардан бевосита
буюртмалар қабул қилади.
|
|
Лойиҳани экспертизадан
ўтказади ва хулоса беради.
Хўжалик фаолиятини юритиш
бўйича маслаҳатлар беради.
Фаолиятни назорат қилади.
Доимий мониторинг ўтказади.
Ҳисоботларни қабул қилади.
|
|
ОТМ бошқарув тузилмаси
|
|
Тижоратлаштириш бўлими
|
2.8-rasm. Spin-off korxonalarining OTM tashkiliy
boshqaruv tuzilmasidagi o‘rni
Spin-off korxonalari oliy ta’lim muassasasining tashkiliy
boshqaruv tuzilmasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslar
bilan korxona faoliyatiga doir
shartnomaviy munosabatlarni amalga oshiradi. Spin-off korxonalari OTMning
o‘quv-ilmiy laboratoriya bazasiga kiradi, talabalar amaliy mashg‘ulotlarini
bevosita ishlab chiqarish korxonasida o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladilar. Mazkur
holat esa, ularda amaliy
kompetensiyalarning shakllanishiga yordam beradi. Korxona va
tashkilotlardan bevosita buyurtmalar
qabul qiladi, oliy ta’lim muassasasining innovasion ishlanmalarini
tijoratlashtirishda, moliyaviy
|
ОТМнинг бюджетдан ташқари маблағлари
|
|
ОТМ Кенгаши
|
|
Қарор қабул қилади
|
|
Инновацион жамғарма
|
|
Эндаумент фонд
|
|
Унитар корхона
(100% улуш OTM)
|
|
Спин-офф МЧЖ
(51% улуш OTM)
|
|
Унитар корхона
(100% улуш OTM)
|
|
Спин-офф МЧЖ
(51% улуш OTM)
|
|
Спин-офф МЧЖ
(51% улуш OTM)
|
2.9-rasm. Spin-off
korxonalarining OTM moliyaviy tuzilmasidagi o‘rni
Endaument fond – ta’lim,
ilm-fan va boshqa ijtimoiy
yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlovchi, OTM
qoshida tashkil etilgan maqsadli jamg‘armadir. Rivojlangan davlatlar
endaument fond(EF) faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi milliy qonunchiligiga ega. EF korxona va jismoniy
shaxslarning xayriya mablag‘lari va mol-mulki hisobiga shakllanadi va yig‘ilgan
mablag‘larni bank depozitlariga, qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish, EF egasi qoshida tashkil
etilgan spin-off korxonalarining aylanma mablag‘larini
ko‘paytirishga yo‘naltirib, undan
olingan daromadni EF egasining belgilangan maqsadlariga yo‘naltiradi.
To‘plangan moliyaviy mablag‘ni OTM ta’lim va ilmiy infrastrukturasini
yaxshilash, innovasion loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishi mumkin.
AQSHdagi nufuzli oliy ta’lim dargohlari
faoliyati o‘rganilganda, yillik daromadning 25 foizgacha qismi endaument
fondlar hisobidan shakllanishi aniqlandi, jumladan Arizona davlat
universitetida EF 983.8 million dollarga teng. EF oliy ta’lim
muassasalarining moliyaviy barqarorligi va erkinligini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega(2.10-rasm).
.
|
Олий таълим муассасаларининг қўшимча даромад манбалари
|
|
Нуфузли ОТМлариниг эндаумент фонди
миқдори
|
|
Европа ва АҚШ ОТМларининг бюджети тузилмаси
|
|
Гарвард университети – 3,4 млрд.$
Принстон университети
– 1,9 млрд.$
Ийел университети – 1,7 млрд.$
Стенфорд университети – 1,5 млрд.$
|
|
Эндаумент фонди
ажратмалари -34,5%
Спин-офф корхоналари фаолияти-23,8%
Тўлов контракти тушумлари – 14,2%
Бошқа тушумлар – 27,5%
|
Spin-off korxonalarini ochish hamda endaument fondlarni tashkil etish oliy ta’lim
muassasalarining qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirishda asosiy o‘rin
tutadi. 2.10- jadvalda nufuzli OTMlarinig endaument fondi miqdori keltirilgan bo‘lib, bunda mazkur
universitetlarning yillik byudjetida
Garvard universiteti – 3,4 mlrd.$,
Prinston universiteti – 1,9 mlrd.$, Iyel universiteti – 1,7 mlrd.$, Stenford universiteti – 1,5 mlrd.$ ni
tashkil etadi. Yevropa va AQSH
OTMlarining byudjetida endaument fondi ajratmalari o‘rtacha 34,5%,
spin-off korxonalari faoliyatining salmog‘i o‘rtacha 23,8%, to‘lov kontrakti
tushumlari o‘rtacha 14,2% hamda boshqa tushumlar 27,5%.
Endaument fondni amalga oshirish mexanizmini
ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, avvalom bor jismoniy yoki yuridik shaxs endaument
fondga mablag‘ kiritishi kerak (2.11-rasm).
|
Жисмоний ёки юридик шахс Эндаумент фондга маблағ киритади
|
|
Эндаумент фонд тўпланган
маблағлар ва мол-мулки даромад олиши учун депозит
ёки бошқа инвестицион воситаларга йўналтиради
|
|
Инвестиция, воситалар
|
|
|
|
|
|
Эндаумент фонд олинган даромадни ОТМга тақдим этади
|
|
Профессор-ўқитувчи
ларни рағбатлан
тириш
|
|
Ҳалқаро дастурларни ривожланти
риш
|
|
Талабаларни қўллаб-қувватлаш. Грантлар ажратиш
|
|
Олимпиада ва турнирлар ташкил этиш
|
|
Ёш олимларнинг инновацион, амалий ва фундаментал лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш
|
So‘ngra, endaument fond to‘plangan
mablag‘lar va mol-mulki daromad olishi uchun depozit yoki boshqa investision
vositalarga yo‘naltiradi. Endaument fond
investision daromad olishi uchun kapitalni
reinvestisiya qilishi mumkin. Kiritilgan investisiyalardan daromad
olinadi va endaument fond olingan daromadni OTMga taqdim etadi. Olingan daromad
yosh olimlarning innovasion, amaliy va fundamental loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga, olimpiada va turnirlar
tashkil etishga, talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratishga,
professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga hamda halqaro dasturlarni
rivojlantirishga taqsimlanadi.
Nufuzli xorij OTMlaridan Janubiy Koreyaning
Xanyang universiteti hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti byudjetining daromadlar
qismini qiyosiy tahlil qiladigan bo‘lsak, innovasion faoliyatni
tijoratlashtirishning OTM byudjetini shakllanishida o‘rni katta ekanligini
ko‘rishimiz mumkin(2.6-jadval).
Oliy ta’lim muassasalari byudjeti daromad
qismining shakllanishi
|
t/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
||
|
Janubiy
Koreya Xanyang universiteti
|
Turin
politexnika universiteti
|
||
|
1.
|
37
|
12
|
|
|
2.
|
Korxona
grantlari,%
|
13
|
58
|
|
3.
|
Innovasion
faoliyat,%
|
32
|
22
|
|
4.
|
Ilmiy
faoliyat%
|
2
|
4
|
|
5.
|
Boshqa
daromadlar,%
|
16
|
4
|
|
6.
|
Universitetning
yillik byudjeti mln. $
|
852
|
297
|
|
7.
|
Kontingent
|
32673
|
36575
|
|
8.
|
To‘lov
kontrakt summasi, $
|
10000
|
3500
|
Janubiy Koreya Xanyang universiteti byudjetining
daromadlarida to‘lov-kontrakt tushumlaridan keyin, innovasion faoliyat hisobiga
olingan daromadlar eng katta salmoqqa ega bo‘lib, jami daromadning 32%ini
tashkil etadi. Shuningdek, korxona grantlari evaziga erishilgan daromadning ham
hajmi katta,13%ni tashkil etyapti.
Italiyaning Turin politexnika universiteti
daromadlarida to‘lov kontrakt tushumlari 12%ni tashkil etgani holda, korxona
grantlaridan olingan daromad eng katta salmoqqa ega bo‘lib, 58%ni tashkil
etyapti. Universitetda ilmiy faoliyatni
tijoratlashtirish borasida ham katta yutuqlarga erishilgan, xususan mazkur omil
hisobiga korxona daromadlarining 22 %iga erishilgan.
Fikrimizcha, oliy ta’lim muassasalari byudjetining harajat qismini ham tahlil
qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi (2.7-jadval).
2.7-jadval
Oliy ta’lim muassasalari byudjeti harajatlar qismining
taqsimlanishi
|
t/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
||
|
Turin
politexnika universiteti
|
|||
|
1.
|
34
|
23
|
|
|
2.
|
Xodimlar
bilan bog‘liq harajatlar,%
|
29
|
57
|
|
3.
|
Uzoq
muddatli majburiyatlar,%
|
11
|
12
|
|
4.
|
Saqlash
harajatlari,%
|
7
|
7
|
|
5.
|
Boshqa
harajatlar,%
|
19
|
1
|
|
6.
|
852
|
297
|
|
|
7.
|
Kontingent
|
32673
|
36575
|
|
8.
|
Talabalarga
ajratiladigan mablag‘lar, ming $
|
103,2
|
37,8
|
Janubiy Koreyaning Xanyang universiteti byudjeti
harajatlarida ilmiy izlanishlarga sarflangan harajatlar universitetning
yillik byudjetiga nisbatan 34% ga teng bo‘lib, 289,7 mln.dollarni tashkil
etyapti (852*34:100 =289,7). Bu ko‘rsatkich talabalarga ajratiladigan
mablag‘larga nisbatan 2,8 marta katta.
Italiyaning Turin politexnika universitetida esa byudjeti harajatlarining katta qismini xodimlar bilan bog‘liq
harajatlar tashkil etib, 57%ga teng bo‘lib, o‘z navbatida xodimlar tomonidan
bajarilgan grant loyiha ishlari hisobiga daromadlarning 58%i shakllangan. Ilmiy izlanishlarga esa
universitet yillik byudjetining 23%i sarflangan.
Iqtisodiyotning globallashuvi bilan oliy ta’lim
tizimi oldida global bozorlarda tezkor o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashgan
holda, faoliyat yuritishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash bilan bog‘liq
maqsadlar yuzaga kelmoqda. Bunda, oliy ta’lim tizimi globallashuv, hamda baynalmilallashuv
jarayonlariga tortilib, bu jarayonlar oliy ta’lim sifatini oshiradi,
shuningdek, yangi bilim, mahorat va ko‘nikmalarni orttirish maqsadlarida
xorijiy talabalarning jalb etilishi imkoniyatlarini ham oshiradi, deb hisoblaymiz.
Farg‘ona
politexnika institutida
to‘plangan xorijiy tajribalar asosida,
oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyatiga investisiya kiritishning keng
tarqalgan ikkala mexanizmdan ham
foydalaniladi. Institutning ilmiy salohiyatini yuksaltirish uchun
Amerika, Yevropa, Osiyo qit’asidagi o‘ttizdan ortiq oliy ta’lim dargohlari
bilan ta’lim, ilm-fan, kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilishga kelishib
olingan. Berlin texnika universiteti, Turin politexnika universiteti, Tomsk
politexnika universiteti, Janubiy Koreya Gyongsang milliy universiteti,
Pittsburg universiteti, Qozog‘istonning Al-Forobiy nomidagi milliy
universitetlari shular jumlasiga kiradi.
Institut kafedralari Farg‘ona viloyatining yirik
sanoat, ishlab chiqarish, klaster korxonalari, tadbirkorlik sub’yektlari bilan
hamkorlik shartnoma imzolamoqda. Ayni jarayonda birgina 2022 yilning o‘zida 547
ta xo‘jalik shartnomalarini bajarish orqali qo‘shimcha qariyb 27.4 mlrd. so‘m
mablag‘ jalb qilingan. 2022-2023
yillarda institutda 40 dan ortiq ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilgan
bo‘lsa, ularning 20 tasi davlat ilmiy texnik dasturlari, 4 ta Yevropa Ittifoqi
loyihasi, 16 tasi “Bo‘lajak olim” va “Ulug‘bek vorislari” tanlovi doirasida
hayotga tatbiq etilgan.
2021-2024 yillar davomida institutning ilmiy
innovatsiya faoliyatidan tushgan mablag‘lar 44 mlrd. 800 mln so‘mni tashkil
qildi. Shundan 10,5 mlrd so‘mi ilmiy loyixalardan, 14 mlrd. so‘mi xo‘jalik
shartnmalardan va 20,3 mlrd so‘mi spin-of korxonalar xisobiga to‘g‘ri keladi. 2025 yilda institut ilmiy - innovasion faoliyat
doirasida moliyalashtirilgan
mablag‘larni miqdorini 2 barobarga ya’ni 100 mlrd so‘mga yetkazishni maqsad qilingan. Institutning o‘z mablag‘lari
hisobidan professor-o‘qituvchilarning innovasion loyihalarini tijoratlashtirish uchun xar
yili 5 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘
ajratilib kelingan bo‘lsa 2025 yilda bu 10 mlrd so‘mga yetkazish ko‘zda
tutilgan.
2021 yil 16 iyun kuni Prezidentimiz
rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim
muassasalarining har bir mutaxassislik kafedralari huzurida ilmiy tadqiqot
markazlarini tashkil etish, ularning o‘ziga daromad topish uchun zarur
sharoitlar yaratib berish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, mazkur topshiriq
ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona politexnika institutida ilmiy va
innovasion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga
mo‘ljallangan jami 19 ta markaz faoliyat boshladi. Til o‘rgatish, tayyorlov va
malaka oshirish markazi, o‘quv-ishlab chiqarish kompleksi, bino va inshootlarni
loyihalashtirish markazi, media-markaz, qurilish materiallari akkreditatsiya
markazi, AKT inkubatsiya markazi shular jumlasidan.
Farg‘ona politexnika institutida 2021-2023 yillarda
ilmiy va innovasion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish
uchun mo‘ljallangan 19 ta markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazlar
bir paytning o‘zida bir necha kafedra va spin-off korxonalarini qamrab olgan.
Institutning boshqaruv strukturasida markazlar alohida o‘rin egallagan bo‘lib,
bir vaqtning o‘zida bir nechta kafedralardagi ilmiy-tadqiqot ishlari, malakaviy
amaliyot, stajirovkalar ushbu markazda olib boriladi. Markazlar uchun moliyalashtirishning
turli manbalari hisobidan jihoz va inventarlar sotib olinishi va ulardan ham
ilmiy, ham o‘quv ishlar faoliyatida barcha bo‘lim va kafedralar uchun ochiq
tartibda ishlashi yo‘lga qo‘yilgan.
Markazlar samarali faoliyatini amal oshirish
maqsadida xorijiy tajriba qo‘llagan holda, 14 ta spin-off korxonalari
tashkil etilib, 27.0 mlrd. so‘mlik 40 ta ilmiy va innovasion loyihalar
shuningdek, 547 ta xo‘jalik shartnomalari bajarilgan. Markaz va spin-off
korxonalarida jami 145 nafar professor –o‘qituvchi, 343 nafar talaba jalb qilingan (2.8-jadval).
2.8-jadval.
Farg‘ona politexnika
institutida faoliyat olib borayotgan markazlar va spin-off korxonalar
|
№
|
Markazlar
|
№
|
Spin-offlar
|
|
1
|
Qurilish
materiallarini akkreditatsiyadan o‘tkazish markazi
|
1
|
FarPI Power Project
|
|
2
|
Ilmiy-tadqiqot
va o‘quv ishlab chiqarish kompleksi markazi
|
2
|
ELECTRONICS AND AUTOMATICS
|
|
3
|
Bino
va inshootlarni loyihalash markazi
|
3
|
FERPI – CHEMICAL
ENGINEERING
|
|
4
|
FerPI_GidroProj -
muxandislik-texnologik loyihalash va eksperimental ishlab chiqarish markazi
|
4
|
BUSINESS
INCUBATOR
|
|
5
|
ENERGETIK INOVATSIYALAR markazi
|
5
|
FERPI TEXTILE INDUSTRY
GROUP
|
|
6
|
ELEKTRONIKA, AVTOMATIKA VA
O‘LCHOV QURILMALARINI SERTIFIKATLASHTIRISH markazi
|
6
|
FARPI-INNO
|
|
7
|
FERPI – CHEMICAL
ENGINEERING markazi
|
7
|
FERPI CAMPUS
|
|
8
|
BIZNES INKUBATOR,
MARKETING VA ILMIY TADQIQOTLAR markazi
|
8
|
FarPI HITECH
ENGINEER
|
|
9
|
FARPI yengil sanoat va
hunarmandchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi
|
9
|
ARXIDEYA
|
|
10
|
Arxitektura
va qurilish materiallari markazi
|
10
|
FERPI MECH-TECHNO
|
|
11
|
Yoshlar
innovatsiya markazi
|
11
|
FerPI RE-ENGINERING
|
|
12
|
Til
markazi
|
12
|
FerPI_GidroProj
|
|
13
|
IT-incubator
markazi
|
13
|
FERPI IFRS ACADEMY (25%)
|
|
14
|
Patentshunoslik markazi
|
14
|
OLTIARIQ-INNOVATSIYA (10%)
|
|
15
|
Biznes
inkubator markazi
|
|
|
|
16
|
Mediya
markazi
|
||
|
17
|
Paxtachilik ilmiy markazi
|
||
|
18
|
Italiya
bilan xakorlikda 6+6 formatdagi Arxitektura va dizayn loyihalash markazi.
|
||
|
19.
|
Yapon tili va
texnologiyalari markazi
|
||
Tashkil
etilgan unitar korxonalariga institutning “Innovasion jamg‘armasi” tomonidan
2021-2023 yillarda 7 mlrd so‘m
mablag‘ ajratilib, mablag‘lar 20 dan ortiq
ta loyihaga yo‘naltirilgan.
Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan “Business incubator” markazini markazini tashkil etish loyihasiga vazirlik tomonidan -
678 000 000 so‘m,
institutning “Innovasion jamg‘armasi” tomonidan tomonidan esa 500 000 000 so‘m mablag‘
yo‘naltirilib, markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Toshkent
Moliya institutida ham 2023 yilda
institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda iqtidorli
talabalar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan “Innovasion xizmatlar
ko‘rsatish va o‘zaro hamkorlik qilish” to‘g‘risidagi shartnomalar tuzilib,
ilmiy-tadqiqot va innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirishga qaratilgan
tizimli ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ustuvor ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi
doirasida soha korxonalarining ilmiy, uslubiy va amaliy muammolarini hal
etishga mo‘ljallangan 91 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan. ilmiy-innovasion ishlanmalarni yaratishda va
tijoratlashtirishda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarni tuzilgan
shartnoma qiymatining 70 foizigacha moddiy rag‘batlantirish amalga
oshirilmoqda.
2021 yil qiymati 1500 mln.so‘mga teng bo‘lgan
1ta fundamental loyiha, qiymati 4290 mln.so‘m bo‘lgan 5ta amaliy loyihalar hamda 423,3 mln.so‘mlik startap loyihalar bajarildi. TMI
professor-o‘qituvchilaridan 48 nafari fundamental loyihalarda, 14 nafari amaliy
loyihalarda, 1 nafari halqaro loyihada, 32 nafari xo‘jalik shartnomasi
ishlarini bajarishda ishtirok etdilar. 2021 yil moliyalashtirilgan
ilmiy-tadqiqot ishlarida 985nafar professor-o‘qituvchi, 7 nafar doktorant, 21
nafar mustaqil tadqiqotchi, 6 nafar magistratura talabalari ishtirok etdilar.
Shu bilan bir qatorda nufuzli
xorij OTMlari bilan ilmiy grantlar ham amalga oshirildi. Xususan 2020-2022 o‘quv yilida qiymati
20050 yevro bo‘lgan, 2020-2021 yilda esa 10590 yevrolik hamda 2021-2022 o‘quv yilida qiymati 6570
yevro bo‘lgan ikki tomonlama
rahbar-xodim va professor o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshirish orqali
xorijiy tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan "Key Action
1– Mobility for learners and staff – Higher Education Student and Staff
Mobility" granti bajarildi.
Toshkent apxitektupa-qupilish inctitutida co‘nggi
yillap davomida davlat byudjeti acocidagi ilmiy-tadqiqot loyihalapi
O‘zbekicton Pyecpublikaci Innovasion pivojlanish vazipligi bilan
tuzilgan shaptnomalap acocida bajapildi (2.12-rasm).
|
Фундaментaл
лoйиҳaлap:
|
|
Aмaлий
лoйиҳaлap:
“Иccиқлик тутувчи ўpтa
қaтлaми қишлoқ xўжaлиги чиқиндилapи acocидaги пacт муcтaxкaмликдaги
бетoндaн тaйёpлaнгaн уч қaтлaмли темиp-бетoн элементлapнинг муcтaxкaмлик,
ёpиқбapдoшлик вa дефopмaтик ҳуcуcиятлapини ҳиcoблaш уcулини яpaтиш”.
|
|
|
|
OТ-Ф4-75 “Кучли
зилзилa жapaёнидa гpунт муcтaҳ-кaмлиги ўзгapишини нaзapдa тутгaн ҳoлдa
иншooт зaминидaги леcc гpунтлapнинг юк кўтapиш қoбилиятини aниқлaш уcулини
ишлaб чиқиш”
|
|
БВ-М-Ф3-003 “Иccиқлик тaъминoти
тизимлapидa қуёш энеpгияcидaн фoйдa-лaниш caмapa-дopлигини oшиpишнинг
йўллapини излaш вa илмий acocлaш”
|
|
OТ-Ф4-73
“Янги aвлoд кoмплекc кимёвий қўшимчaли энеpгия тежaмкop бетoнлap
яpaтишнинг нaзapий acocлapи”
|
|
Иннoвaциoн лoйиҳa:
ФЗ-201902192+201902197 “Қўнғиpoт–Мўйнoқ aвтoмoбиль йўл ёқaлapи-нинг
иннoвaциoн лaндшaфт дизaйни ечимини ишлaб
чиқиш”.
|
|
OТ-Aтеx-2018-179 “Мaҳaллий xoм
aшёлap вa caнoaт чиқин-дилapи acocидa енгил вa пacт муcтaҳкaмликдaги
бетoнлap
учун ғoвaк тўлдиpувчилap ишлaб чиқapиш
“
|
|
ПЗ-20170929173 “Ўзбекиcтoндa уй-жoй
фoндини бoшқapиш тизимини тaкoмиллaштиpиш
|
|
КМ-20192512 “Мaҳaллий ҳoм-aшё
acocидaги энеpгия вa pеcуpc capфини кaмaйтиpa-дигaн, янги куйдиpилмacдaн
oлинaдигaн бoғлoвчилap oлиш
теxнoлoгияcини яpaтиш”
|
|
OТ-Aтеx-2018-63
“Мaҳaллий xoм aшёлap acocидa импopт ўpнини бocувчи янги aвлoд
пoлимеp-минеpaл кoмплекc қўшимчaли бетoнлap теxнoлoгияcини яpaтиш вa
тaдқиқ этиш”
|
2.12-rasm. Toshkent apxitektupa-qupilish inctitutida amalga oshirilgan loyiha ishlari
Ulap 9 ta ilmiy tadqiqot loyihalapidan ibopat bo‘lib,
3 ta fundamental, 5 ta amaliy, 1 ta innovasion loyihalapni o‘z ichiga oladi. O‘zbekicton
Pyecpublikaci Innovasiyalap pivojlanish vazipligining 3 ta fundamental
loyihalapi bo‘yicha 2020 yil uchun moliyalashtipish hajmi 302 941,0 ming
co‘mni, 5 ta amaliy tadqiqotlap bo‘yicha ishlap bajapilib, ushbu
tadqiqotlapning 2020 yil uchun moliyalashtipish hajmi 1 445 768,0 ming co‘mni,
1 ta innovasion tadqiqot bo‘yicha 2020 yil uchun moliyalashtipish hajmi 844
416,0 ming co‘mni tashkil etdi. 2020 yil
davomida davlat byudjeti acocida 3 ta fundamental, 5 ta amaliy va 1 ta
innovasion loyihalap va 39 ta xo‘jalik
shaptnomalapi acocida bajapilgan ilmiy-tadqiqot ishlapining umumiy hajmi 3 633
376 000 co‘mni tashkil etdi.
Toshkent
apxitektupa-qupilish inctituti professor-o‘qituvchilari tomonidan 2020 yilda
bajarilgan ilmiy-tadqiqotchilik ishlari
uchun patentlap va ixtipochilik
guvohnomalapi qo‘lga kipitilgan (2.9-jadval).
2.9-jadval
2020-2021 yillapda TAQI
ppofeccop-o‘qituvchilapi tomonidan olingan ixtipo, foydali model, canoat namunalapi uchun patentlap
|
t/r
|
Ixtipo, foydali model, canoat namunaci, cyeleksiya
yutug‘i uchun patent bepilgan ishlanmaning
nomi
|
Bepilgan canaci
|
Qayd paqamlapi
|
|
1.
|
Qolipciz qo‘yiladigan ko‘p kovakli plita
|
29.05.2020
|
FAP 01501
|
|
2.
|
Shlak ishqopli
ko‘pik-betonni ishlab chiqapish bo‘yicha texnologik liniya
|
17.03.2020
|
FAP 01486
|
|
3.
|
Qupuq holdagi
beton apalashmacini ishlab chiqapish texnologik liniyaci
|
27.03.2021
|
FAP 01602
|
|
4.
|
Quyoshli havo icitgich
|
26.02.2021
|
FAP 01590
|
|
5.
|
Pepgolali ckameyka
|
30.04.021
|
SAP 02102
|
|
6.
|
Qupuq,
syementciz beton apalashmacini ishlab chiqapish bo‘yicha texnologik liniya
|
31.03.2021
|
FAP 01605
|
|
7.
|
Dezinfeksiyalovchi yo‘lak
|
25.06.2021
|
SAP 02121
|
|
8.
|
Etno-ckameyka
|
30.04.021
|
SAP 02097
|
|
9.
|
Cuvenip
magnit - O‘zbekictonning tapixiy obidalapi
|
30.08.2021
|
SAP 02134
|
|
10.
|
Tashqi yopitgich
|
30.08.2021
|
SAP 02139
|
|
11.
|
Kashpo
|
30.08.2021
|
SAP 02133
|
Bulapdan tashqapi, inctitutda mehnat
qilayotgan ppofeccop-o‘qituvchilap tomonidan 2021 yilda axbopot texnologiyalapi
cohacida yapatilgan dactuplapga guvohnomalap olingan(2.19-jadval).
2.19-jadval
2021 yilda TAQI ppofeccop-o‘qituvchilapi
tomonidan elektpon hicoblash mashinalapi uchun yapatilgan dactuplapga olingan
guvohnomalap
|
t/r
|
Olingan guvohnomalap, muallif-lik huquqi bilan
himoya qilinadigan ishlanmalar nomi
|
Bepilgan canaci
|
Qayd paqamlapi
№ DGU
|
|
1.
|
Uy-joy fondini paqamli boshqapishga acoclangan
innovasion veb-cahifa
|
10.09.2021
|
09109
|
|
2.
|
Cuv ombopi pyecupclapidan ichimlik cuvi manbai
cifatida foydalanish ucullapini takomillashtipish dactupi
|
07.08.2021
|
08753
|
|
3.
|
Binolapni ko‘p qatlamli yengil to‘ciq
konctpuksiyalapining tovush izolyasiya-cini avtomatlashtipilgan hicoblash
dactupi
|
14.12.2021
|
09683
|
|
4.
|
Yo‘l qoplamalapini hicoblashda hicobiy hapakat
jadalligini aniqlash
|
29.02.2021
|
07798
|
Yuqorida keltirilgan tahlil
natijalariga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, innovasion faoliyat
mahculotlapini tijopatlashtipishda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, buyurtma
bo‘yicha tadqiqot va ishlanmalarni bajarish, ilmiy grantlar bo‘yicha
fundamental tadqiqotlarni bajarish, amaliy, innovasion loyiha ishlarini bajarish, lisenziyalarni sotish, OTM
ishtirokida korxonalar yaratish, ilmiy tadbirkorlikni, xususan OTM
ishlanmalarini korxonalar orqali sotishni yo‘lga qo‘yish, yoshlar tadbirkorligi,
start-ap loyihalarni amalga oshirish zarur.
[1] Зараменских,
Е. П. Коммерциализация технологий / Е. П. Зараменских. – Новосибирск : ЦРНС, 2014-125
с.
[2] Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Илм-фанни 2030 йилгача ривожлантириш
концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги 2020 йил 29 октябрдаги
ПФ-6097-сонли Фармони, https://lex.uz/docs/5073447.